IT Park xodimlari uchun virusolog vrach ishtirokida onlayn konsultatsiya!

2020-yilning 5-avgust kunida IT Park xodimlari vrach virusolog, Virusologiya ITI doktoranti, ilmiy xodim, Brigida Krestina Stepanovna taklif qilingan profilaktik onlayn konsultatsiyada ishtirok etdilar. 

Brigida Krestina Stepanovna – vrach virusolog, Virusologiya ilmiy tadqiqot institutida doktorant. 2018-yilda “Virusli gepatitda jigar saratonini tashxislash” mavzusida grant yozgan va uni oʻtkazish uchun moliyalashtirish yutib olgan. Virusologiya ITI boshlangʻich doktaranturasi doktoranti hisoblanadi. Virusologiya ITI tashkiliy qoʻmitasi ishtirokchisi, ilmiy anjuman va davra suhbatlarini tashkil qilishda faol ishtirok etib keladi. Shuningdek, RosPotrebNadzorʼning (Rossiya) OIVning virusga qarshi preparatlarga rezistentligini oʻrganish boʻyicha “REZEDA” loyihasi ishtirokchisi. Oʻzbekistonda virusli gepotitlarni eliminatsiya qilish boʻyicha UHEP (AQSH) loyihasi koordinatori. Turli maʼruzalar oʻtkazgan, klinik va laboratoriya materiallarini jamlagan, ilmiy maqola, tezis va hisobotlar yozishda ishtirok etgan. Koʻplab ilmiy anjumanlar, shu qatorda xorijiy anjumanlarda ishtirok etgan.

Onlayn konsultatsiyada Krestina Stepanovna COVID-19 virusi, virus nimasi bilan xavfli ekanligi, kasallik alomatlari, profilaktik choralar, shuningdek ushbu virusni davolash usullari haqida gapirib berdi. 

Yakunda IT PARK xodimlari oʻzlarini qiziqtirgan savollarini berishi  mumkin boʻlgan kichik Q&A sessiya oʻtkazildi va ushbu savollarga Krestina Stepanovna juda batafsil va tushunarli qilib javob berdilar.

Oʻzingizni asrang, uyda qoling!

2020-08-06