IT Park yuzi: Mahliyo Muksinova – menejerdan direktor oʻrinbosarigacha

Har qanday tashkilotning asosiy qadriyati – korxona faoliyatini yaxshilashga katta hissa qoʻshadigan uning xodimlaridir. Shu sababli IT Park “IT Park yuzi” ruknini ishga tushirdi, bu yerda ishlayotgan mutaxassislar o‘zlarining sevimli mashg‘ulotlari, qiziqishlari, shuningdek, o‘z karyera va kasbiy yutuqlari haqida hikoya qiladilar. Ularning hikoyalari bir joyda turmaslikka va oldinga intilishga ilhomlantiradi.

Ruknimizning navbatdagi mehmoni Ta’limni rivojlantirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari Maxliyo Muksinova bo‘ldi. Nozik va latofatli, oʻziga ishongan va kuchli xarakterga ega.

Mahliyo 27 yoshda. U Xalqaro Vestminster universitetida bakalavr darajasini tamomlagan va hozirda ushbu universitetning magistratranti hisoblanadi. Mahliyo 2019-yilda IT Parkʼda rezidentlarni ro‘yxatdan oʻtkazish bo‘yicha menejer sifatida ish boshlagan.

“Universitetni tamomlagach, men AKT vazirligining turli tashkilotlarida ishladim. Axborot texnologiyalari sohasida ishlab, men tashabbus koʻrsatdim va bajarilgan ishlar uchun mas’uliyatni o‘z zimmamga olishdan qo‘rqmadim. Maqsadlilik, koʻp ish qilishga tayyorlik va barcha yangi narsalarni oʻrganish istagi mening asosiy vakolatlarimdir. O‘ylaymanki, shuning uchun meni juda istiqbolli ish joyiga – IT Parkʼga taklif qilishdi, bundan juda xursandman. IT Park menga tajriba va koʻnikmalarimni oshirib, yildan-yilga bosqichma-bosqich oʻsish imkoniyatini beradi”.

Oʻtgan yilning noyabr oyida u taʼlimni rivojlantirish boʻyicha direktor oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan, undan oldin u raqamli taʼlimni rivojlantirish boʻyicha menejer lavozimida ishlagan.  Endilikda Mahliyoning vazifalariga raqobatbardosh malakali IT-kadrlarni tayyorlash uchun IT Markazlari faoliyatini kengaytirish va rivojlantirish uchun sharoit yaratish, yoshlarning IT sohasiga qiziqishi va faolligini oshirish, shuningdek, IT-yoʻnalishdagi iqtidorlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish kiradi.

Nimaga aynan IT Park?

Mahliyo IT Park tashkil etilganidan buyon o‘zining barcha eng yaxshi fazilatlarini to‘plagan holda ishlab kelmoqda. Oʻz ishida u tashkilot manfaati uchun yoʻnaltirgan barcha tajribasi va yutuqlarini oʻzida mujassam etgan.

“Ishga kelganimda, tashkilotning yaqin kelajak uchun yuksak maqsadlari va katta rejalari borligini va bu mening shaxsiy missiyamga to‘liq mos kelishini ko‘rdim. IT Park O‘zbekistonning eng yirik IT-xab sifatida nufuzini yaratish imkonini beradi, IT-sanoatni rivojlantirish orqali mamlakat iqtisodiyoti va farovonligiga qimmatli hissa qo‘shadi”.

Mahliyo karyerasining boshida duch kelgan qiyinchiliklarni eslaydi.  Biroq, martaba zinapoyasida yuqoriga koʻtarilish uchun siz ishlashingiz, barcha qiyinchiliklarni yengishingiz, doimo oʻrganishingiz va rivojlanishingiz kerak, deb ishontirmoqda u.

“Men vatanparvar, mehnatkash va oʻzimga juda talabchan insonman, hamma narsaga ulgurishga, ortda qolmaslikka va kuchim bor ekan, toʻxtamaslikka harakat qilaman. Men hayotda yaxshi va arziydigan narsaga erishish uchun faqat koʻp kuch sarflash va qiyinchiliklarni boshdan kechirish orqali mumkinligiga ishonaman”.

2020-yilda oʻgʻil farzandli boʻldim. Esimda, u roppa-rosa 6 oylik boʻlganida, men IT Parkʼning taʼlim loyihalaridan birida ishlay boshladim. Oʻsha paytda men uchun ish, hayot va bola tarbiyasini birlashtirish jismonan qiyin edi. Hattoki, uy yonidagi skameykada ishlagani ko‘chaga noutbuk, kolyaskada chaqaloq bilan chiqqan paytlarim ham bo‘lgan. Chunki o‘g‘lim toza havoda koʻp va qattiq uxlardi”.

Qahramonimiz sinovlarga qaramay, taslim boʻlmaslik va yanada oʻsishda davom etishga harakat qildi.

Oʻz ishida u ilhomlanib, odamlarning rivojlanishiga, oʻz oʻrnini topishiga va oilalarini boqish uchun pul topishga oʻz hissasini qoʻshishi va yordam berishi hissi bilan toʻldiriladi.

O‘zbekistonning IT sohasi haqida qanday fikrdasiz?

Mahliyo ta’kidlaganidek, axborot texnologiyalari mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalariga allaqachon kirib borgan va tobora yuksalishda davom etmoqda.

 

“IT – bu hamma oʻz yoʻlini topa oladigan va oʻz noniga ega boʻladigan yoʻnalish. Bu eng noyob soha – joy, ijtimoiy mavqe, jins, tashqi ma’lumotlar, millatdan qat’i nazar, siz IT hamjamiyatida ish va o‘z o‘rningizni topishingiz mumkin”.

IT Park davlatning raqamli iqtisodiyotida muhim rol oʻynaydi hamda O‘zbekiston brendi va jahonda ilg‘or va istiqbolli davlat sifatida tan olinishiga xizmat qiladi, deya taʼkidladi u.

“Ta’kidlash joizki, IT Park barcha yoshdagi odamlarga IT bilimlarini o‘zlashtirish imkoniyatini qo‘lga kiritishda yordam berishi bilan o‘ziga xosdir. Bundan tashqari, IT Park davlat va xususiy sektor oʻrtasida IT sohasida koʻprik va “muloqot usuli” boʻlib xizmat qiladi. IT-kompaniyalar oʻsishi va kengayishi uchun qoʻllab-quvvatlanmoqda”.

Sevimli mashgʻulotlaringiz va orzularingiz haqida bizga gapirib bering.

Mahliyo ishdan tashqari bo‘sh vaqtini oilasi va shaxsiy rivojiga bag‘ishlaydi.

“Menda deyarli boʻsh vaqt yoʻq. Vaqtim boʻlsa-da, uni oilam bilan, ayniqsa oʻgʻlim bilan oʻtkazishga harakat qilaman. Ammo rivojlanish men uchun doim muhim boʻlgan. Men oʻzimga nisbatan juda talabchanman. Doimo oʻrganaman. Hozir magistraturada o‘qishning oxirgi kursini tugatyapman, shundan so‘ng menejment sohasida kasbiy rivojlanish bilan shugʻullanishni rejalashtirmoqdaman”.

IT Parkʼdagi martaba zinapoyasi olginga intilish istagi va aniq maqsadi boʻlgan har bir kishi uchun ochiq! Agar siz IT Park jamoasining aʼzosi boʻlishni istasangiz, rezyumeingizni quyidagi elektron pochta manziliga yuboring: hr@it-park.u

2023-03-31