O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi arafasida Jizzax viloyati Farish tumani IT markazida Prezidentning “Aholi va yoshlarning kompyuter texnologiyalari va Internetdan samarali foydalanishini tashkil etish to‘g‘risida”gi uchinchi tashabbusni amalga oshirish doirasida yosh avlod vakillari uchun tez matn terish bo‘yicha tanlov o‘tkazildi. Tanlov IT Park va O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tashkil etildi.
“Erkin va obod O‘zbekistonda yashaylik” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda IT markazlarining 60 dan ortiq talabalari faol ishtirok etishdi. M. Shukrullaev bir daqiqada 146 ta so‘z terish orqali tanlov g‘olibiga aylandi, A. Abdusattorov va A. Ortiqov esa mos ravishda 133 ta va 121ta so‘z terish orqali ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.
Tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlarga diplom tashkilotchilari tomonidan simsiz klaviatura, simsiz sichqoncha va tadbir tashkilotchilarining fleshkasi kabi qimmatbaho sovg‘alar topshirildi
Ta’kidlash joizki, yoshlarning axborot texnologiyalariga qiziqishini oshirish va ular talab qilinadigan kasblarni yanada rivojlantirish maqsadida respublikaning barcha hududlarida bunday tanlov va tadbirlar muntazam o‘tkazib kelinmoqda.
2021-09-09