Maktab oʻquvchilarining IT Park “PDP IT Academy” va “VRonica” rezidentlari bilan uchrashuvi

2020-yilning 1-2 dekabr kunlari IT Park rezidentlari “PDP IT Academy” va “VRonica” Toshkent shahrida joylashgan 9-maktabga tashrif buyurdilar.

Dastlabki kun maktabga “PDP IT Academy” vakillari tashrif buyurishdi. Unda oʻzlarining taqdimotlarini koʻrsatish bilan bir qatorda nima uchun IT sohasi eng istiqbolli va dinamik soha deb hisoblanishi haqida soʻzlab berdilar.

“PDP IT Academy” vakillari maktab oʻquvchilari bilan kichik interaktiv oʻyin oʻtkazish orqali ularga dasturlash prinsiplari haqida maʼlumot berdi.

Ikkinchi kuni “VRonica” vakili bolalar uchun VR/AR va oʻyin sanoati dunyosini ochishga harakat qildi. “VRonica” vakili o
ʻquvchilarga VR/AR nima ekanligini va qanday qilib kompyuter va mobil oʻyinlar yaratilish mumkinligi haqida ma’lumot berdi.

Har uchrashuv kuni soʻnggida oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olish barobarida, rezidentlar bilan axborot texnologiyalari sohasiga oid turli mavzularda suhbatlashdilar.
 

2020-12-02