Mazmunga boy aprel oyi: joriy oyda Sirdaryodagi IT Park filiali tomonidan qanday tadbirlar o‘tkazildi?

Hozirgi zamonaviy O‘zbekistonning eng muhim boyligi - bu kadrlardir.  Aholimizning 60 foizi 29 yoshdan kichik yoshlardan iborat topgan.  Shu sababli, yoshlarga oid davlat siyosatida yoshlarning jamiyatdagi mavqeini mustahkamlash, istiqbolli, dolzarb va intellektual kasblarni egallash juda katta ahamiyatga ega.

Buning uchun, avvalo, yoshlarga axborot texnologiyalarini o‘rgatish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish lozim. Sirdaryodagi IT Park filiali aprel oyida “One Million Uzbek Coders” va “Istiqbolli IT-Loyihalari” singari loyihalar doirasida juda faol ish olib borishdi.

“One Million Uzbek Coders” loyihasi doirasida Mirzaobod va Guliston tumanlari hamda Guliston shahrida tadbirlar o‘tkazildi. Tadbirlarda jami IT sohasiga befarq bo‘lmagan va kelajakda IT mutaxassisi bo‘lishga intilayotgan 500 nafar yoshlar ishtirok etdi.

IT sohasiga yoshlarning qiziqishini uyg‘otish maqsadida IT Park, Sirdaryodagi IT Park filiali, Sirdaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda “Istiqbolli IT-Loyihalari” tanlovini  tashkil etdi.

Tanlovning asosiy maqsadi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek ularda IT sohasiga bo‘lgan qiziqishni oshirishdan iborat edi. Tanlov ishtirokchilari sog‘liqni saqlash, ta’lim, sport, madaniyat va robototexnika sohalarida o‘z loyihalarini taqdim etishdi.

Tanlovda Mirzaobod, Oqoltin, Guliston, Sayxunobod, Xovos, Boyovut tumanlari hamda Sirdaryo, Yangiyer va Guliston kabi shaharlarda bo‘lib o‘tdi

IT-tanlovda barcha shahar va tumanlardan jami 110 ta loyiha ishtirok etdi. Ular orasidan 27 tasi tuman bosqichida g‘alaba qozonishdi.  Faxriy o‘rinlarni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar viloyat bosqichida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Tanlov yakunida, ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan loyihalar hokimiyat tomonidan ko‘rib chiqildi va ma’qullandi. Undan so‘ng esa, yoshlar fondi mablag‘larini taqdim etilgan loyihalarning yanada rivojlantirishiga sarflashga oid qaror qabul qilindi.

Sirdaryodagi IT Park filiali faoliyati doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar viloyat aholisiga o‘zlarini axborot texnologiyalari sohasiga jalb qilish va o‘z ichki potensiallarini namoyon etishga imkon beradi.

2021-05-06