“mGov Kashkadarya” tanlovi doirasida mobil dasturlash bo‘yicha amaliy vorkshop

Joriy yilning 19-iyun kuni “mGov Kashkadarya” tanlovi doirasida mobil dasturlash bo‘yicha amaliy vorkshop bo‘lib o‘tadi. Vorkshopni Senior-dasturchi Sardor Islomov olib boradi.

Vorkshop mavzusi - “Mobil dasturlashga kirish”.

Sardor mobil dasturlashni nimadan boshlash kerakligi, nimalarga ahamiyat berish, dasturlashda krossplatformali tizimlarni qanday qilib ishlatish, #userexperience’dan foydalangan holda dasturlarni ishlab chiqishda to‘g‘ri yondashuvni tanlash haqida so‘zlab beradi.

▫️ Spiker haqida qisqacha:

Sardor Islomov 5 yillik tajribaga ega bo‘lgan Senior-dasturchi. U veb va mobil dasturlash sohalari bilan shugʻullanadi. Ayni damda “StringFlix” kompaniyasida Senior-dasturchi sifatida faoliyat koʻrsatadi.

Vaqt: 11:00

Tadbir tili: o‘zbek

Ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/ucfaCahhS4VsfZKE8

Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryo viloyatida IT Park tomonidan tashkil etilayotgan “mGov Kashkadarya” mobil dasturlash tanlovi bo‘lib o‘tadi.  Ushbu tanlov doirasida ishtirokchilar tibbiyot sohasidan tortib aholi bandligini ta’minlash yo‘nalishlari bo‘yicha mobil ilovalarning prototiplarini taqdim etishadi.

Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2021-yil 22-iyun

“mGov Kashkadarya” tanlovi haqida batafsil maʼlumot: https://it-park.uz/ru/itpark/news/v-kashkadarinskoy-oblasti-sostoitsya-konkurs-mobilnyh-razrabotok-mgov-kashkadarya

2021-06-15