MITC, IT Park va BMT Taraqqiyot dasturi O'zbekistonda  «Voice AI Challenge Uzbekistan» xakatonini tashkil etadi

2021-yilning 24-26-dekabr kunlari Toshkent shahridagi Inha universitetida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT Park, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Toshkent shahridagi Inha universiteti, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda KASH APP bilan birgalikda  tashkil etilgan «Voice Ai Challenge Uzbekistan» xakatoni bo‘lib o‘tadi. 

Xakaton o‘zbek tilidagi ovozli ma’lumotlarga asoslangan raqamli yechim (ilova, bot, dastur va boshqalar) yaratishga bag‘ishlangan bo‘lib, ular «Mozilla Common Voice’dan foydalangan holda o‘zbek tilini raqamlashtirish» loyihasi yordamida to‘planadi.

Xakaton ishtirokchilari o‘z loyihasini amalga oshirishni boshlash va minimal hayotiy mahsulotni (MVP) ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.  Bundan tashqari, xakaton doirasida ishtirokchilarga axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassislar hamrohlik qiladi va ularga yordam beradi.  Ishtirokchilar startap sohasida hamfikrlarni topib, o‘z imkoniyatlarini ochib berishlari mumkin bo‘ladi.

Xakaton yakunida ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan noutbuklar, planshetlar va smartfonlar ko‘rinishidagi qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ladilar.

*Xakaton Toshkent shahrida, oflayn tarzda oʻtkaziladi. 

Arizalarni topshirishning oxirgi muddati: 2021-yil 21-dekabr.

Roʻyxatdan oʻtish uchun havola: https://clck.ru/Yv3xR

2021-11-19