Muzaffar Karabayev: O‘zbekistonning startap yakkashoxlari qachon paydo bo‘ladi?

O‘zbekistonda startap ekotizimi katta qadamlar bilan rivojlanib bormoqda, biz har oyda yangi loyihalar haqida eshitamiz, har kuni o‘nlab odamlar esa o‘z startapini qanday yaratish haqida bosh qotirishadi.

Siz uchun maxsus, biz startap nima ekanligini yaxshi biladigan tajribali ekspert, muvaffaqiyatli loyihalarning asoschisi, Tech-tadbirkor hamda investor Muzaffar Karaboyev bilan bog‘lanib, uning O‘zbekiston startap ekotizimi haqida fikrini bilib oldik.

Muzaffar Karaboyev – Tech-tadbirkor, startaplar investori, moliya va biznes sohalarida oliy ma’lumotga ega inson. Muzaffar IT tadbirkorlik bilan so‘nggi 15 yil davomida shug‘ullanib kelmoqda. U 25 yoshida Londondagi “Royal Dutch Shell Oil Co” kompaniyasida ishlayotgan paytida “UzReport” ga asos slogan.

“UzReport dastlabki g‘oyasi “Reuters” singari O‘zbekiston uchun onlayn biznes yangiliklar tarmog‘ini yaratishdan boshlangan”, - dedi Muzaffar.

Ayni damda “UzReport” O‘zbekistondagi eng yirik media kompaniyalardan biri hisoblanadi. Muzaffar ushbu kompaniya asoschilaridan biri ekanligidan faxrlanishini ta’kidlab o‘tdi. Uning keying startapi – bu “globalcustodian.com” nomli bank segmentidagi tadqiqot loyihadir. 2011-yilga kelib, u “kpi.com” - Umumlashtirilgan resurslarni rejalashtirish bulutli tizimiga asos soldi.

“Men O‘zbekistonni startap ekotizimi/startap bozorining dastlabki bosqichida deb o‘ylayman. Kadrlar zaxirasi va venchur moliyalashtirish – bu ikkalasi bizni keyingi bosqichga olib chiqadigan eng muhim tarkibiy qismlardan biridir. Bizga IT resurslar yetishmaydi. IT Park’ning O‘zbekiston aholisini  IT ta’lim bilan ta’minlash tashabbusi kadrlar zaxirasini kengaytirishiga ishonaman. Venchur moliyalashtirish – bu qiyinroq vazifa, ammo biz buni hammamiz birgalikda hal qilamiz. Yaqinda IT Park direktori Farhod Ibragimov bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Namanganga bo‘lgan safarida uchrashish imkoniga ega bo‘ldim. Endi bizning oldimizda yosh startaplarimiz uchun dastlabki moliyalashtirishni boshlashga imkon beradigan harakatlar rejasini ishlab chiqish vazifasi turibdi”, - deya ta’kidladi ekspert.

 

O‘zbekistondagi startap sohasini qanday qilib yangi bosqichga olib chiqish mumkin?

 

Muzaffarning aytishicha, O‘zbekistondagi startap sohasini yangi bosqichga olib chiqish uchun yosh startaplarga MVP (minimal hayotiy mahsulot) bilan yordam berishimiz, daromad bosqichiga chiqishlari uchun esa, ularga biznes angel yoki hamkorlarni topishda yordam qo’lini cho’zishimiz kerak.

“Balkim 2-3 yildan keyin ular tegishli venchur moliyalashtirishga tayyor bo‘lishar, ammo u vaqtgacha ularga hech bo‘lmaganda o‘z tarmog‘i yoki kompaniyasida mahsulotni to‘g‘ri foydalana oladigan investor-angellar orasidan konsultantlar kerak bo‘ladi”, – dedi Muzaffar.

Ko‘plab startaplar, Muzaffarning so‘zlariga ko‘ra, tashabbusning dastlabki bosqichlarida to‘xtab qoladi. Katta e’tibor talabalarning startap yaratishga bo‘lgan qiziqishiga qaratiladi, ammo tegishli daromad topish bosqichida MVP’ga tayyorlanishga yetarlicha ahamiyat berilmaydi. Va Agar biz ushbu MVP’ning katta hajmi tekshirilishi va qo‘llab-quvvatlanishiga ishonch hosil qilmasak, ekotizimni rivojlantirishda keyingi bosqishga ko‘tarila olmaymiz deya ta’kidladi Muzaffar.

Shuningdek, ularga birinchi haqiqiy mijozni topishda yordam berishimiz kerak ekanligini qo‘shimcha qildi.

O‘zbekistondagi mahalliy startaplarning kamchiliklari

“Bizning startaplarimiz hali juda yosh. Ularga yetishmayotgan narsa - bu turli xil g‘oyalarni boshlashdan tortib MVP/daromad bosqichigacha bo‘lgan yo‘ldir. Menimcha, ularga yanada hamjihat jamoa, hammuassis va maslahatchilardan tashkil topgan jamoa kerak. Balkim, MVP mahsulotini oxirigacha yetkazish uchun oila va do‘stlarning moddiy tomondan yordami ham kerakdir”,  - dedi tadbirkor.

 

Startap loyihaning yaxshi ekanligini qanday bilsa bo‘ladi?

Muzaffarning aytishicha, texnologik muammolarni bartaraf etishda yordam beradigan loyihani yaxshi loyiha deb hisoblasak bo‘ladi. Loyihaning maqsadi ehtiyojni qondirishdan iborat bo‘lishi kerak. Bu ijtimoiy startap yoki hattoki nodavlat tashkilotlar startapi bo‘lishi mumkin. Bu degani eng muhim jihat har qanday biznes yoki ijtimoiy sohadagi ish jarayonidagi ma’lum bir elementni takomillashtirish yoki undagi muammolarni bartaraf etish bo‘lishi lozim.

“Raqamlashtirish nuqtai nazaridan ma’lum bir muammoga yechim topish har doim uni startap deb atashga olib keladigan omildir”, - deya ta’kidladi Muzaffar.

Startapning yomon ekanligini qanday bilsa bo‘ladi?

Muzaffarning fikriga ko‘ra, agar siz segmentdagi ma’lum bir muammoni hal qilsangiz, buni hech qachon yomon g‘oya deb aytib bo‘lmaydi. Sekin yoki yomon bajarish - bu endi boshqa masala. Agar siz MVP’ni belgilangan muddatida yetkazib bera olmasangiz, bu nimadir hali yakuniga yetmaganligining belgisi bo‘lishi mumkin. Tushkunlikka tushmang, muvaffaqiyat har doim xato va sinovlar orqali keladi, avval ishingizning bajarilish jarayoniga oid muammoni hal qiling. Muammoingizni to‘g‘ri jamoa azosini tanlash yoki segment va muammoni yaxshi tushunadigan investor yoki hammuassis topish orqali bartaraf etishga harakat qiling.

Muzaffarning muvaffaqiyat yo‘li

Muzaffar ko‘plab loyihalarga yordam bergan. U qo‘llab-quvvatlagan 10 ta loyihaning 80% muvaffaqiyatsiz bo‘lgan. Muzaffar ushbu loyihalarning barchasiga oylab vaqtini, ba’zi holatlarda bir nechta yillarini ketkazgan.

“Loyihani ishga tushirish - bu 2-3 yilda bo‘ladigan narsa emas. Siz bunga umringizning to‘rtdan bir qismini bag‘ishlaysiz. Bu narsaga beparvolik bilan yondoshmang”, - deya ta’kidladi Tech-tadbirkor.



O‘zbekistonga qanday startaplar kerak?

Muzaffar har bir segmentda 2-3 ta g‘olibga ega bo‘lish uchun  7 dan 10 gacha bo‘lgan startaplar kerak deb hisoblaydi. Shuningdek, u B2B, SaaS, B2C yoki e-commerce bo‘lsin, biron-bir segmentda aniq bir liderni ko‘rmasligini ta’kidladi.

“Biroq, Fintech barcha yirik banklar pulini har tomonda sochgani hisobidan to‘lganday ko‘rinadi. Har qanday segmentda, hattoki e-turizmda ham hanuzgacha yirik liderlarni ko‘rganim yo‘q. Hali imkoniyatlarimiz ko‘p, sababi biz 3-5 yil orqada qolganmiz”, - dedi Muzaffar.

Oʻzbekiston startaplar bozori istiqbollari

Muzaffar Qoraboev startaplarni moliyalashtirish kichik hajmda paydo boʻlganini payqay boshladi, ammo investitsiyalar hali ham yetarli emas.

“Umid qilamizki, tez-tez paydo boʻladigan koʻplab startaplarni koʻrishimiz mumkin. Ayni paytda bu raqam men kutganimdan ancha kam, ammo umid qilamanki, bu raqam koʻpayishni boshlaydi. Butun dunyoda IPOʼlarning izolyatsiyasi va aqldan ozganligi sababli texnologik investitsiyalarga koʻproq qiziqish boʻlayotganligini koʻrishingiz mumkin. Masalan, yaqinda elektron kuzatuv kompaniyasi London fond birjasida bir necha milliard dollarlik bahoga ega boʻldi. Bu hattoki oʻzining birinchi elektromobilini ham chiqarmagan kompaniya! – deya hayrat ila taʼkidladi Muzaffar.

Oʻzbekistondagi ilk yakkashoxlar

Oʻylaymanki, oʻzbekistonlik startap 100 million dollarga baholanishidan avval, dastlab uning qiymati 1 million dollarga baholanishi kerak. Umid qilamanki, 2-3 yil ichida bizda shunday korxonalar paydo boʻladi va shundan soʻng startaplar koʻlamini kengaytirish osonroq boʻladi. Ehtimol, 5-10 yil ichida biz birinchi yakkashoxni koʻrishimiz mumkin, – dedi u.

Bundan tashqari, Muzaffar ilk yakkashoxni qanchalik tez koʻrishimiz startaplar qancha mablagʻ olishiga bogʻliqligini qoʻshimcha qildi. Uning soʻzlariga koʻra, bu koʻrsatkich hozirda yuqori emas.

“Oldindan moliyalashtirish bosqichidagi koʻplab startaplarni ragʻbatlantirish va yaratish uchun koʻp ishlashimiz kerak. Har 50 ta moliyalashtiriladigan startap tashkil topgan kundan boshlab 3-10 yil ichida 1 yoki 2 ta yakkashox yaratishi mumkin. Shuningdek, bunda bir emas, balki kamida bir nechta venchur kapitalistlari va angellari ishtirok etishi kerak, – deya qoʻshimcha qildi Muzaffar.

Yangi startaplar uchun maslahatlar

Agar siz u yoki bu sohada ishlamagan boʻlsangiz, birinchi loyihani boshlashni albatta maslahat bermagan boʻlardim. Masalan, agar siz elektron tijorat bozorini yaratmoqchi boʻlsangiz, sizga haqiqiy chakana savdo doʻkonida yoki hech boʻlmaganda elektron tijorat yoki fintech kompaniyasi uchun amaliy dasturlarni amalga oshirgan dasturchi kerak boʻladi. Taʼsischining oʻzi ushbu yoʻnalishda ishlagan holda startapi orqali yechishi mumkin boʻlgan muammoni tushunishi kerak. Aytaylik, agar siz elektron tijorat bilan shugʻullanmoqchi boʻlsangiz, siz oʻz startapingizni boshlashdan oldin lebazar yoki korzinkada ishlashingiz kerak boʻladi – deb maslahat berdi tadbirkor.



Yakka oʻzingiz startap yaratishingiz mumkinmi?

Siz oʻzingizning ajoyib gʻoyangizni taklif qilishingiz mumkin, ammo mening fikrimcha, uni hammualliflarsiz amalga oshirish katta xato boʻladi. Men ilgari munosib jamoam boʻlmaganligi tufayli katta xatolarga yoʻl qoʻyganman”, - deya taʼkidladi Muzaffar.

Yaxshi gʻoyani “oʻgʻirlash” mumkinmi?

Muzaffar gʻoyani “oʻgʻirlash” mumkinligiga shubha bildirdi. Uning taʼkidlashicha, allaqachon juda koʻp ajoyib gʻoyalar mavjud va barchasi amalga oshirishni talab qiladi.

Muzaffar Qoraboevning soʻzlariga koʻra startapni amalga oshirishda qilish zarur boʻlgan 5 ta narsa

1. Yolgʻiz boshlamang.

Faqat pitching uchun gaplashadigan emas, balki yukni boʻlishadigan va haqiqiy ijrochi guruhning bir qismi boʻlgan 2-3 ta hammuassislar boʻlsin.

2. Moliyaviy zaxirangiz borligiga ishonch hosil qiling.

Sizning moliyaviy zaxirangiz MVP maqomini olish uchun talab qilinganidan 1,5 baravar koʻp boʻlishi kerak. Agar sizda u yoʻq boʻlsa, biznesga kirmang va ozroq pul qoʻshishi mumkin boʻlgan hamkor toping.

3. Har bir komponentni maxsus kodlar bilan yozmang.

MVPʼni yaratishda ochiq manbadan foydalaning va butun tizimni maxsus kodlar tizimiga yangilashdan oldin bu zarurligini isbotlamang.

4. Bozorni toʻgʻri oʻrganmasdan biznesni boshlash notoʻgʻri.

5. Notoʻgʻri yondashuv.

Bu siz oʻz loyihangizga toʻliq kirishmasdan, uning ustida faqat yarim ish kuni ishlash notoʻgʻri ekanligini bildiradi.

Shuningdek ...

“Men jiddiy izlanishlar va xorijda ham kengaytirish imkoniyati venchur kapitalga toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilishning kaliti ekanligini qoʻshimcha qilgan boʻlardim. Bundan tashqari, koʻp tilli imkoniyatlarga, shuningdek, biznes ularning dastlabki aloqalarining kaliti ekanligini biladigan biznes angellariga ega boʻlish ham muhimdir”, – deya qoʻshimcha qildi Muzaffar.

Oʻzbekiston Markaziy Osiyo startaplar markaziga aylanishi mumkinmi?

“Oʻzbekiston mintaqadagi raqamlashtirish markaziga aylanishi mumkin. Va biz oxirgi 2 yil ichida katta yutuqlarga erishdik. Biz mintaqada eng koʻp aholi soniga egamiz va bizning infratuzilma hamda oʻsish koʻrsatkichimiz allaqachon ustunlik yaratmoqda. Shunday qilib, savolga javob – ha, albatta.”, - Muzaffar Karabaev.

 

Oʻzbekistondagi startap ekotizimi haqiqatan ham rivojlanishining dastlabki bosqichida. Biroq, bizda ilk startap yakkashoxlarining paydo boʻlishi uchun zarur boʻlgan barcha narsalar mavjud, bu bizning mamlakatimiz Markaziy Osiyo startap ekotizimining markaziga aylanishiga imkon beradi. Bu qachon sodir boʻlishi esda – faqat sizga bogʻliq, chunki har bir inson nafaqat mahalliy, balki jahon bozorlarida ham mashhur boʻlib ketadigan, mutlaqo yangi innovatsion mahsulotning muallifi boʻlishi mumkin.

2021-04-16