Namangan muhandislik qurilish institutida "Yoshlarning startap tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash dasturi" tanlovi doirasida ishtirokchilarning uchrashuvi bo'lib o'tdi

2021-yil 21-aprelda Namangan muhandislik qurilish institutida "Yoshlarning startap tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash dasturi" tanlovi doirasida ishtirokchilar uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Yoshlarning startap tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash dasturi" - bu Namangan muhandislik qurilish instituti talabalari va o'qituvchilari uchun IT Park tomonidan universitet bilan hamkorlikda tashkil etilgan musobaqa bo'lib, uning doirasida ishtirokchilar jamiyatdagi ma'lum bir muammoni hal qilishga qaratilgan loyiha yaratishlari kerak. Ushbu musobaqa shu yilning 9-aprelida boshlangan.

Uchrashuvda 8 nafar iqtidorli talabalar ishtirok etib, jamiyatning turli sohalaridagi muammolarni hal qiladigan loyihalarini taqdim etdilar, shuningdek, IT Park startap ekotizimini rivojlantirish bo'limi boshlig'i F. Maksumov, Namangan shahridagi IT Park filiali direktori M. Ubaydullaev vastartap menejeri B.Mirjalolzoda, Namangan muhandislik qurilish instituti rektori Sh.Ergashev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor S.Umarov va boshqalar ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida talabalar quyidagi loyihalarni taqdim etdilar: yotoqxonaga talabalarni tanlash uchun avtomatik dastur, tirbandliklarning oldini olish loyihasi va boshqa texnologik startaplar.

Natijada, yosh startap asoschilari o'zlarining loyihalarini yanada takomillashtirish bo'yicha mutaxassislardan maslahat va tavsiyalar oldilar.


Eslatma:

Ayni paytda universitetlarda final bosqichi uchun tanlov o’tkazilmoqda. Tanlov 1 oy davom etadi. Tanlovning finali esa 2021-yil may oyida bo'lib o'tadi.

2021-04-27