Namanganda O‘zbekistondagi birinchi Raqamli kutubxona ochildi!

Joriy yilning 19-fevral kuni Namangan shahrining Davlatobod tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Namangan viloyatiga tashrifi doirasida IT Markaz va kutubxona o‘z eshiklarini ochdi. U yerda birinchi Raqamli kutubxona o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.

Raqamli kutubxona - bu Namangandagi barcha xohlovchilar foydalanishi mumkin bo‘lgan onlayn kutubxona hisoblanadi. Ayni damda ushbu kutubxonada siz nafaqat axborot texnologiyalari mavzusida oid kitoblarni, balki jahon adabiyoti durdonalari, badiiy va ilmiy asarlarni hamda boshqa mavzuga oid kitoblarni topishingiz mumkin. Ushbu raqamli kutubxonada har bir kitobxon didiga mos keladigan kitoblar mavjud.

Alohida ta’kidlash joiz, Raqamli kutubxonani tashkil etishda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va IT Park mutaxassislari katta hissa qo‘shishdi.

Kutubxonada vaqtni samarali o‘tkazish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan: u yerda 60 ta kompyuter, kitoblarni o‘qish va ishlash jarayonini maksimal darajada qulaylashtirish uchun yashil maydon, startap loyihalarni amalga oshirish uchun kovorking uchun maydon hamda IT Park rezidentlari uchun o‘quv xonalari mavjud. IT Park rezidenti “Start Rise Plus” ushbu kutubxonada o‘z faoliyatini boshlaydi va yoshlarga raqamli ko‘nikmalarni o‘rgatadi.


Raqamli kutubxona nima uchun kerak?

Raqamli kutubxonada 100 mingga yaqin bosma kitob mavjud. Ushbu kutubxonaning ustunligidan biri shundaki, u eng gigant kutubxonaga kirish imkoniyatiga ega va 6 000 000 nafar elektron kitoblar va 250 000 ta audiokitob mavjud.

Ta’kidlash joizki, kutubxonada har bir kishi O‘zbekiston madaniyatini o‘rganishi hamda o‘zbek xonandalari tomonidan ijro etilgan maqomlarni tinglashi uchun maxsus maydoncha mavjud.

Namangandagi IT maktab o‘quvchilari uchun amaliyot dasturi.

Raqamli kutubxona - Namangan yoshlari maqtana oladigan yagona narsa emas. IT Park ham IT maktab o‘quvchilari nafaqat nazariy, balki amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishlari uchun harakat qilmoqda. Ushbu ko‘nikmalarni amalda qo‘llash uchun IT maktab o‘quvchilari IT Park rezidentlarining kompaniyalarida amaliyot o‘tashlari va tajriba orttirishlari uchun ular uchun alohida Namangan Mono markazida platforma ajratildi.

IT maktablarining o‘quvchilari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amaliyot o‘tashlari mumkin:

- grafik dizayn;

- frontend dasturlash;

- mobil robototexnika;

- 3D modellashtirish.

Xulosa qiladigan bo‘lsak, endilikda Namangan yoshlari nafaqat shaxsiy, balki professional ko‘nikmalarini rivojlantirish va ular ustida ishlash imkoniyatiga ega.  Bu esa o‘z navbatida ularning rivojlanishini va axborot texnologiyalari sohasida muvaffaqiyatga erishishini ta’minlaydi.

Kutubxona uchun havola: http://it-library.uz
 

Ayni paytda Raqamli kutubxona faqat Namangan aholisi uchun ish olib boradi.


2021-02-22