Namanganda “One Million Uzbek Coders va yoshlar loyihasi qanday imkoniyatlarni taqdim etadi” mavzusida bir qator seminarlar bo‘lib o‘tadi

Birinchi seminar 2021-yil 13-yanvar kuni Namangan davlat universitetida bo‘lib o‘tdi.

Seminarda viloyat hokimligi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish markazi rahbari B.Axunbabayev, Namangan davlat universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori D. Xolmatov, Namangan viloyatidagi IT Park huzuridagi IT maktablar direktori M. Ubaydullayev, shuningdek, Namangan shahridagi IT Park filiali xodimlari, informatika fani o‘qituvchilari hamda axborot texnologiyalariga qiziquvchi yoshlar ishtirok etdi.

Seminar davomida spikerlar yoshlarga IT Park faoliyati, mamlakatimizda axborot texnologiyalarini rivojlantirish, yosh dasturchilarni tayyorlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, viloyat hokimligi komagida mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan loyihalar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berib o‘tdi.

Xususan, ular OTM huzuridagi inkubasiya markazlari faoliyati, startap loyihalar, “One Million Uzbek Coders” loyihasi faoliyati, shuningdek, ushbu loyihalar orqali yoshlar uchun ochilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida fikr almashdi.

Tadbir so‘ngida talabalar axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘quv kursi, yo‘nalishlari, talabalar uchun beriladigan imtiyozlar, mashg‘ulotlar jadvali, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va boshqa ozlarini qiziqtirgan savollariga javob olishga muvaffaq bolishdi.

Kelgusi seminarlar 14-16 yanvar kunlari Namangan muhandislik-qurilish instituti, Namangan muhandislik-texnologiya instituti hamda Xalq ta’limi vazirligi xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

2021-01-15