Toshkent shahridagi Inha universiteti hamda IT Park Uzbekistan’da Raqamli texnologiyalar vazirligi ko‘magida barqaror rivojlanish, sun’iy intellekt va raqamli innovatsiyalar sohalarida texnologik yechimlar yaratishga qaratilgan dasturchilar o‘rtasidagi eng yirik bahorgi musobaqa — “Navruz Hackathon 2025” o‘tkazildi.
Musobaqa qanday kechdi?
Hakatonning birinchi kunida 113 nafar ishtirokchi 43 ta jamoaga birlashib, musobaqada qatnashdi. Uch kun davomida ular yetakchi mutaxassislar rahbarligida loyihalar ustida ishladilar. Ular orasida:
Qizg‘in bellashuvlar natijasida 32 ta jamoa yarim finalga chiqdi, finalda esa g‘oliblik uchun eng kuchli 24 ta jamoa kurashdi. Loyihalarni nufuzli hakamlar hay’ati baholadi:
Navruz Hackathon 2025 g‘oliblari
🥇 1-o‘rin — Horizon
Yechim: jamoa eski kompyuterlarning sovutgichlaridan elektr energiyasi ishlab chiqarishda foydalanuvchi prototipni yaratdi. Loyiha barqaror rivojlanish va innovatsion energiya ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan.
🎁 G‘oliblarga HP Pavilion 15 Silver R3-5300 noutbuklari topshirildi
🥈 2-o‘rin — Feba
Yechim: oziq-ovqat chiqindilari miqdorini kamaytirish va mahsulotlarni arzonlashtirilgan narxda taklif qilish imkonini beruvchi, yaroqlilik muddati tugayotgan mahsulotlarni avtomatik hisobga olish tizimi.
🎁 Sovrindorlar Hyper X HASTE 2 + Keychrone K8 Pro TKL professional klaviatura va kompyuter sichqonchalarini qo‘lga kiritdilar
🥉 3-o‘rin — EDev
Yechim: chiqindi poligonlarini avtomatik kuzatish va chiqindilarni samarali boshqarish platformasi.
🎁 Sovrindorlarga Xiaomi Smart Air Purifier 4 havo tozalagichlari topshirildi
Yopilish marosimida IT Park bosh direktori Abdulahad Kuchkarov va INHA rektori Bobur Abdullayev so‘zga chiqib, bunday tashabbuslarning O‘zbekiston texnologik ekotizimini rivojlantirishdagi ahamiyatini ta’kidladilar.
“Navruz Hackathon 2025 yosh dasturchilarimizning jahon darajasidagi innovatsion yechimlarni yaratishga qodir ekanligini ko‘rsatdi. Biz ularni qo‘llab-quvvatlashni davom ettiramiz, rivojlanish va xalqaro bozorlarga chiqish uchun sharoit yaratamiz,” — dedi Abdulahad Kuchkarov.
“Ta’lim va amaliyot — raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning kalitidir. Bunday tadbirlar talabalarga va yosh mutaxassislarga bilimlarini amalda qo‘llash, shuningdek, ekspertlar va investorlardan yordam olish imkoniyatini beradi,” — deya ta’kidladi Bobur Abdullayev.
“Navruz Hackathon 2025” O‘zbekiston yoshlari kelajakni o‘zgartirishga qodir innovatsion yechimlarni yaratishga tayyor ekanligini isbotladi! IT Park iqtidorli dasturchilarni qo‘llab-quvvatlash va ularning o‘sishi uchun yangi imkoniyatlar taqdim etishni davom ettiradi.
2025-03-21