2022-yil 19-fevral kuni Logo tilida dasturlashni o‘rganish uchun bir xil nomdagi onlayn o‘yin yaratuvchilari – Balatech tomonidan tashkil etilgan Xalqaro dasturlash olimpiadasining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi 49 nafar g‘olib bilan 2-o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ldi: 6 ta kumush va 43 ta bronza medal.
Kategoriya boʻyicha:
5–7-sinf oʻquvchilari oʻrtasida: 15 ta sovrinli oʻrinlar;
8–9-sinf oʻquvchilari oʻrtasida: 21 ta sovrinli oʻrinlar;
10–11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida: 13 ta sovrinli oʻrinlar.
Olimpiadada qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tganlarning umumiy soni 60 000 nafardan koʻp bo‘lib, ularning 25 % (15 000 kishi) O‘zbekiston ishtirokchilari.
Olimpiadaga jami 2 200 nafar ishtirokchi yo‘l olgan bo‘lsa, shundan 34 % (742 nafar) mamlakatimiz vakillari.
Birinchi o‘rinni 102 nafar sovrinli oʻrinlar bilan – Qirg‘iziston Respublikasi, uchinchi o‘rinni 14 ta sovrinli oʻrinlar bilan – Qozog‘iston Respublikasi, soʻngra Moldova Respublikasi, Ukraina, Tojikiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi 15 ta umumiy sovrinli oʻrinlar oʻrin olganlar. Jami 189 ta sovrinli oʻrinlar oʻynaldi.
Muhim: 2022-yil 5-mart kuni 100 ta qoʻshimcha sovrinli oʻrinlar uchun Balatech xalqaro olimpiadasining ikkinchi bosqichi boʻlib oʻtadi!
Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun: balatech.org
Olimpiadaning ikkinchi bosqichidan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalarini rivojlantirish Vazirligi, IT Park Uzbekistan aksiyadorlik jamiyati va Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi Vazirligi hamkorligida rasmiy taqdirlash marosimi boʻlib oʻtadi.
2022-02-28