O‘zbekiston GSMA Mukofotiga da’vogarlar short-listiga kirdi!
GSMA Government Leadership Award – bu telekommunikatsiya sohasida ilgʻor raqamli siyosat va tartibga solishni amalga oshirgan bir hukumatga beriladigan har yillik mukofot. Shaffoflik, raqobat va tartibga soluvchi mustaqillik tamoyillarini qo‘llab-quvvatlash orqali aloqa bozorini rivojlantirishda ijobiy tendentsiyalarni ko‘rsatgan mamlakatlar ushbu toifadagi mukofotga da’vogarlik qilmoqda.
2023-yilgi short-listga Hindiston, Iordaniya, Tunis, Oʻzbekiston va Zambiya hukumatlari kiritilgan. Gʻolib 27-fevraldan 3-martgacha Ispaniyaning Barselona shahrida boʻlib oʻtadigan Mobile World Congress (MWC)da taqdirlanadi. Bu yil taqdirlash marosimi “Aloqa kelajagi uchun yetakchilik” deb nomlangan sessiya davomida (Markaziy Yeropa vaqti bilan 14:30 dan 15:45 gacha) boʻlib oʻtadi.
Ta’kidlash joizki, keyingi bir necha yil ichida O‘zbekiston MDH mintaqasida raqamli texnologiyalar sohasida yetakchi bo‘lishga intilib, katta yutuqlarga erishdi. 2020-yil oxirida mamlakatda sifatli hamda qimmat boʻlmagan internet va mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish, shahar va qishloqlar o‘rtasidagi raqamli tafovutni kamaytirishga qaratilgan “Raqamli O‘zbekiston – 2030” dasturi ishga tushirildi.
Dastur doirasida barcha majburiy toʻlovlar taqdim etilgan onlayn toʻlov xizmatlari orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning turli sohalariga oid 400 dan ortiq axborot tizimlari, elektron xizmatlar va boshqa dasturiy mahsulotlar ham avtomatik tarzda amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari, O‘zbekiston MDH mamlakatlari orasida birinchi bo‘lib 5G spektrini taqdim etdi. 3,5 gigagertsli diapazonda uchta uyali aloqa operatoriga jami 300 MGts ajratilgan boʻlib, ularning har biriga 100 MGts oʻrta chastota diapazoni berilgan.
2023-02-22