2019-yil 28-sentyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Aripov Abdulla Nig`matovich va Toshkent shahri hokimi Ortiqxo`jayev Jahongir Obidovichning, dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari parki – IT-Parkga tashrifi bo’lib o’tdi.
Tashrif davomida Bosh vazir Abdulla Nig`matovich IT-Parkning bugungi kundagi faoliyati, birinchi startap jamoalari va IT-Park rezidentlari bilan tanishtirildi. Shu bilan birga, kelgusidagi rivojlanish istiqbollari va rejalari, shuningdek, 2019-yil 26-sentyabrda “ICT WEEK UZBEKISTAN 2019” doirasida boshlangan, talabalar o'rtasidagi "mGovAward" respublika tanlovining o’tkazilishi jarayoni muhokama qilindi.
Bosh vazir O'zbekiston Respublikasi davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish, ularni IT sohasidagi texnologik, muhandislik, iqtisodiy va boshqa vazifalarni hal qilish bo’yicha eng yaxshi g'oyalarni izlash va qo'llab-quvvatlashga rag'batlantirishdan iborat ekanligini ta'kidladi.
Shuningdek, IT-Parkda startap-jamoalarning kelgusi qabuli, jarayonlarning yanada yuqori shaffofligi bilan o’tishini ta’minlash maqasadida, final tanlovini barcha tarmoq foydalanuvchilari uchun ochiq ovoz berish tartibida amalga oshirish kerakligi ta’kidlandi.
IT-Parkning kelgusi infratuzilmasiga ham alohida e'tibor qaratildi – ko’p sonli istiqbolli IT-kompaniyalarni joylashtirish uchun kompleksning qolgan barcha bloklarini qurishni tezlashtirish tavsiya qilindi. Uchrashuvda yana bir qator muhim masalalar: O'zbekistondagi IT-sektorining va startap-ekotizimning kelgusida yanada rivojlantirish rejalarini muhokama qilish, IT mutaxassislari uchun global bozorga yo'naltirilgan o'quv dasturlarini ko'paytirish, yosh axborot texnologiyalari mutaxassislari uchun ko`p sonli keng ko'lamli va istiqbolli musobaqalarni tashkil etishga alohida to’xtalib o`tildi.
2019-10-02