2020-yil mamlakatimizda “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e’lon qilinib, bu borada katta ishlar boshlandi. Xususan, 28-aprelda davlatimiz rahbarining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari qabul qilindi.
Xabaringiz bor, Yurtboshimiz tashabbuslari bilan mamlakatimizda ayni paytda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligining “Bir million dasturchi” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Va ushbu loyihani amalga oshirish maqsadida Namangan viloyatining tumanlari va Namangan shahrida “IT School” nomli 12 ta IT Markaz ochildi. Ta’kidlash joizki, o‘quv markazlari viloyatdagi kasb-hunar kollejlarida ochilgan bo‘lib, ular zamonaviy, mebel, kompyuter va orgtexnika qurilmalari bilan jihozlangan. Ularning umumiy maydoni 3 ming 817 kv.metrni tashkil etadi va ularda yoshlarga axborot texnologiyalarini o‘rgatish uchun barcha kerakli shart-sharoitlar mavjud.
Joriy yilning 15 dekabr kuni Namangan shahri va tumanlarida “IT-School”larning tantanali ochilish marosimi tashkil etildi.
Tantanali ochilish marosimida Namangan viloyati hokimi Sh.Abdurazzaqov, shahar va tumanlar hokimlari, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Sh.Egamberdiyev, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bo‘limi boshlig‘i F. Oripjonov, IT Park direktori F.Ibragimov, direktor o‘rinbosari A.Qo‘chqarov, sektor rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari qatnashdilar. Tadbirlarda ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar, yosh dasturchilar, axborot texnologiyalarini o‘rganish istagida bo‘lgan yoshlar ishtirok etdilar.
Ammo IT-maktab o‘quv markazlarining ochilishi haqida so‘zlashdan avval, qisqacha ma’lumot berib o‘tsak.
Namangan tajribasi sifatida viloyatdagi 12 ta “IT School” o‘quv markazlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan ochilgan Respublika “IT Park” (“IT-center” - Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi) bilan birlashtirish yuzasidan Namangan viloyati hokimligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi Qo‘shma qarori imzolandi.
Qo‘shma qarorga asosan 12 ta “IT School” o‘quv markazlari Respublika “IT Park” operativ boshqaruviga o‘tkazilib, Respublika “IT Park” viloyatdagi har bir “IT School” o‘quv markaziga bir nechta yuqori malakali IT mutaxassislari va informatika fani o‘qituvchilarini jalb qilish qaror qilindi. O‘qitish Hindiston davlati bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan “IT Park” metodikasi asosida tashkil etiladi.
O‘quv markazlarda yiliga 10 800 nafar yoshlar o‘qitilib, “IT Park” sertifikatini oladi. Dasturlash kurslarini muvaffaqiyatli o‘tagan yoshlarni “IT Park”ga berilgan imtiyozlarni qo‘llash orqali “IT Park” Namangan filialiga frilanser va rezident sifatida o‘tkaziladi. Shuningdek, muvaffaqiyatli bitiruvchilar IT Park tomonidan taqdim etilgan imtiyozlardan foydalanishlari va nafaqat mahalliy, balki jahon bozorida ham IT buyurtmalarini jalb qilishda yordam olishlari mumkin.
“IT School” bir vaqtning o‘zida Namanganning quyidagi tumanlarida ochildi:
- To‘raqo‘rg‘on;
- Chust;
- Pap;
- Qosonsay;
- Yangiqo‘rg‘on;
- Chortoq;
- Norin;
- Uchqo‘rg‘on;
- Uichi;
- Mingbuloq;
- Namangan;
- Va Namangan shahrida.
Avvalo shuni ta’kidlash lozimki, har bir “IT School” oddiy kollejdan ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan barcha resurslarga ega yuqori texnologik va zamonaviy o‘quv markaziga aylandi.
Axborot texnologiyalari vazirligi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Y.Ishanovning aytishicha, yoshligida kompyuterlar bo‘lmagan va ularga qarash uchun kompyuterlar mavjud bo‘lgan muassasalarga qatnagan. Hozirgi kunda yoshlarning ta’lim olishi va yangi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi uchun ular ko‘plab texnik uskuna bilan ta’minlangan.
Namangan viloyati Norin tumanining xokimi D. Qodirov yoshligida IT sohasida tahsil olishga imkoniyati bo‘lmaganini, lekin axborot texnologiyasida o‘qish hechqachon kech emasligini va o‘zi ham hozirgi kunda shu soha bo'yisha tahsil olayotganini ta’kidlab o'tdi.
Namangan viloyati yoshlarida IT sohasining kerakli sohalarida tahsil olishga, shuningdek, nafaqat mahalliy, balki butun mamlakat bo’ylab va jahon bozorida ham yuqori talabga ega boladigan mutaxassis bo‘lib yetishishga imkoni bor.
Namangan shahrida “IT School”ning ochilish marosimida Namangan viloyatining hokimi Sh. Abdurazzakov yoshlarga axborot texnologiyalari sohasida yoshga chegara qo‘yilmaganligi hamda dasturlashni o‘rganib, o‘z viloyatida turib va IT hizmatlarini yetkazib, oyiga $2000 dan boshlab pul topishlari mumkinligi haqida so‘zlab berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u Namangan yoshlari uchun shart- sharoitlarni va imkoniyatlarni yaratib berishdan mamnun, shuningdek, kelajakda bu nafaqat Namanganni, balki butun O‘zbekistonni dunyo miqyosidagi IT-bozoriga chiqaradigan, talablarga javob beradigan, raqobatbardosh IT-mutaxassislar shaklida o‘z mevasini beradi.
Ochilishlar davomida yoshlar hokimlar va IT Park vakillari bilan shaxsan muloqot qilishga va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
IT Park direktori Farhod Ibrohimov Namangan yoshlari mamlakatning eng yaxshi IT mutaxassisi bo‘lish uchun barcha imkoniyatlarga ega ekanligini ta’kidladi. Bundan tashqari, bugungi kunda Namangan viloyati yoshlari uchun yaratilgan bunday imkoniyatlar O‘zbekistonning biron bir mintaqasida mavjud emas. Namangan yosh avlod uchun har bir tumanda “IT School” o‘quv markazlari yaratilgan birinchi mintaqa bo‘ldi.
“Yoshlar faqat ta’lim olishi, yangi ko‘nikmalarni egallashi, va muvaffaqiyatli IT mutaxassisi bo‘lib yetishishlari kerak. Dasturlash oson narsa emas va boshida qiyin bo‘ladi. Ammo siz ishlash tamoyilini tushunishingiz va o‘qiy olsangiz, sizni istiqbolli va talab qilinadigan yuqori daromad keltiradigan kasb hamda yanada yaxshi kelajak kutmoqda”, - deb qo‘shimcha qildi Farhod Ibragimov.
Shuningdek, Farhod Ibragimov ingliz tilini bilish muhimligini va uning IT ko‘nikmalari bilan birgalikda katta miqdordagi pul ishlashga imkoniyat yaratishini ta’kidladi. Ingliz tilini bilmaydigan odam faqat mahalliy bozorda ishlashga qodir va faqat mahalliy IT-buyurtmalar bilan cheklanadi.
“Mahalliy bozorning hali katta emasligini tushunish uchun mutaxassis bo‘lish shart emas. Lekin ingliz tilini yaxshi egallagan IT mutaxassisi global IT xizmatlari bozorida ishlay oladi va tobora uning daromadi ko‘payib boradi”, - deb ta’kidladi IT Park direktori.
“IT School” da talabalar grafik dizayn, turli xil dasturlash tillari, kompyuter savodxonligini o‘rganishi, shuningdek, elektron sport turlari bo‘yicha o‘z malakalarini oshirishi mumkin.
Shuni ta’kidlash joizki, o‘quv markazlaridan birining ochilish marosimida allaqachon o‘z jamoasini shakllantirgan yosh kiber sportchilar ham ishtirok etishdi. Ularning maqsadi - mamlakatning eng kuchli kiber sportchilaridan biriga aylanish, Respublika chempionatida g‘olib bo‘lish va jahon arenasiga chiqishdir.
Yoshlar tuman va viloyat hokimlariga, IT Park jamoasi hamda O‘zbekiston hukumatiga yuqori texnologik ko‘rinishdagi va yaxshi shart-sharoitga ega bo‘lgan o‘quv markazlarini yaratib berganliklari uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirdi, shuningdek, innovatsion mahsulotlar yaratish va IT mutaxassisi bo‘lishga qiziqib qolganlarini ta’kidladi.
Farhod Ibragimov o‘z navbatida minnatdorchilik uchun yoshlarga uzoq vaqt esda qoladigan so‘zlar bilan javob qaytardi: “Minnatdorchilik bildirishning hojati yo‘q. Sizlarning menga minnatdorchilik sifatida qila oladigan eng muhim narsangiz - bu bilim olish va Vatanimiz sharafini ulug‘laydigan yaxshi IT-mutaxassisi bo‘lib yetishishdir.”
2020-12-17