Oʻzbekistonda developer boʻlishning afzalliklari

 

1. Yuqori daromad.

Ushbu kasbga qiziqishning asosiy sabablaridan biri bu yuqori ish haqi hisoblanadi. Maʼlumki, Oʻzbekistonda developer (ishlab chiquvchi)lar  $5000 gacha daromad qilishlari mumkin. Developerning minimal ish haqi 600-700$ ni tashkil qilishi mumkin. Loyihalar miqdori va yurtimizda developerlarga boʻlgan talabni hisobga olgan holda, buni juda yaxshi koʻrsatkich desa boʻladi.

2. Erkin grafik.

Yana bir ustunliklardan biri, koʻplab kompaniyalar oʻz xodimlariga moslashuvchan grafik taklif qilishlaridir. Bunda asosiy shart – belgilangan vaqtda vazifalarni bajarish. Qolaversa, siz qayerda boʻlishingizdan qatʼi nazar, xoh ofisda boʻling, xoh uyda, natija – eng asosiysi. Developer mutlaqo xotirjam tarzda, uyda oʻtirgan holda kodlar yozishi, qachon istasa tanaffus qilishi mumkin, eng muhimi loyihani vaqtida tugatish va sifatli boʻlishini taʼminlash.

3. Yirik xorijiy kompaniyada ishlash imkoniyati.

IT sohasi kundan kunga kuchayib, mos ravishda developerlarga talab ortib bormoqda. Shunday ekan, har biringiz yirik xorijiy kompaniyalar istagan kadrga aylanishingiz mumkin. Yodingizda tuting, Google, Facebook, Apple va boshqa IT kompaniyalar doimo qobiliyatli va tashabbuskor IT mutaxassislarni qabul qilishga tayyor turadilar.

4. Mustaqil taʼlim.

Developer boʻlish uchun universitetga kirish va oliy maʼlummot olish shart emas. Orzungizga eltadigan xohish-istak boʻlsa, shuni oʻzi yetarli.

IT Park IT mutaxassis boʻlishni istaganlarni toʻliq qoʻllab-quvvatlaydi va yurtimizning kelajakdagi developerlari uchun bepul hamda pullik kurslarni taklif etadi.

Mavjud kurslarga havola: https://edu.itcenter.uz/

2020-07-06