O'zbekistonda EPAM Systems asoschisi: IT Park bilan uchrashuv va "IT Park University" loyihasi bo'yicha hamkorlik

2021-yil 24-iyul sanasida “EPAM Systems” delegatsiyasi, shu jumladan kompaniyaning CEO va asoschisi Arkadiy Dobkin O‘zbekistonga IT Parkning ikki yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan konferentsiyasiga tashrifi doirasida, IT Park rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“EPAM Systems” delegatsiya tarkibida direktorlar kengashi raisi, “EPAM Systems” CEO va asoschisi Arkadiy Dobkin, Belorusiyadagi “EPAM Systems” bosh direktori Pavel Shagoiko, Belorusiyadagi “EPAM Systems” bosh direktorining o‘rinbosari Andrey Shubaderov, “EPAM Systems” Belarus kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Aleksandr Vorontsov, shu jumladan O‘zbekistondagi EPAM Systems kompaniyasining bosh direktori Renat Axtyamovlar kirishdi.

Uchrashuv davomida tomonlar “EPAM Systems” kompaniyasi bilan “IT Park University” onlayn-universitetini yaratish loyihasi bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildilar. “EPAM Systems” bo‘lg‘usi IT mutaxassislari tayyorlashga alohida e‘tibor bermoqda: bo‘lg‘usi IT-mutaxassislari tayyorlashga faol sarmoya kiritmoqda va IT sohasida faoliyatini yangi boshlayotganlarni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Ayni paytda “IT Park University”ning asosiy diqqati kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt, fintek va boshqa IT sohalarni o‘z ichiga olgan axborot texnologiyalari sohasida yuqori sifatli xalqaro ta’limga qaratilgan.

Qabul qilish jarayoni iloji boricha sodda va qulay bo‘ladi. Qabul komissiyasi butun yil davomida ish yuritadi: sentyabrni kutishning hojati yo‘q - qabul yiliga 2 marotaba o‘tkaziladi. “IT Park University” tufayli talaba qaerda va qachon xohlasa oliy umotmot olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda “EPAM Systems” kompaniyasining asosiy vazifalaridan biri bu O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasining jadal rivojlanishini ta’minlash, shuningdek kompaniyaga kadrlar tayyorlash uchun mahalliy aholi orasida IT-mutaxassislarni etishtirishdir.

Shu munosabat bilan delegatsiya uchun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari maktabiga ekskursiya ham o‘tkazildi. Axborot texnologiyalari sohasida O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimining rivojlanish darajasi, shuningdek, axborot texnologiyalari sohasidagi kasblar uchun kadrlar tayyorlash tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar namoyish etildi.


Bundan tashqari, mehmonlar Toshkentdagi IT Park filialiga tashrif buyurishdi, u yerda ularga ofis binolari, kerakli sharoit va qulayliklar taqdim etildi.


 

Ma’lumot o‘rnida:

“EPAM Systems” - bu 1993 yilda tashkil etilgan IT kompaniya, shuningdek, buyurtma qilinadigan dasturiy ta’minotning ilg‘ori dasturlovchisi hamda Markaziy va Sharqiy Evropada konsalting sohasidagi etakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Hozirda kompaniyaning dunyoning 20 dan ortiq mamlakatlarida filiallari mavjud. U, shu jumladan, Yuqori Texnologiyalar Parkining eng yirik rezidentlarining TOP-5’taligiga hamda Belorusiyaning IT sohasidagi etakchi ish beruvchilarining TOP-3’taligiga kiritilgan. Kompaniyadagi ishchilar soni 43000 dan ortiq. “EPAM systems” yiliga 15-20% ga o‘sib bormoqda.

Kompaniyaning O‘zbekiston Respublikasidagi filiali 2019 yilda ochilgan va hozirda 150 ga yaqin mutaxassislar ish yuritadi. Kompaniya, shular qatorida, IT Park rezidenti hisoblanadi.

2021-07-27