Oʻzbekistonning venchur investitsiyalari assotsiatsiyasi tomonidan, “Sturgeon Capital” investitsiya fondi, IT Park Uzbekistan, “Universal Bank” OATB va “Centil Law” yuridik firmasi koʻmagida oʻtkazilgan “Uzbekistan Startup Indicator 2020” tadqiqotlariga koʻra, Oʻzbekistondagi startaplar asosan moliyaviy, tibbiy va taʼlimiy texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan.
Bu yil Oʻzbekistonda texnologik tadbirkorlik koʻrsatkichlarini oʻlchash alohida ahamiyatga ega. Biznesning barcha sohalariga u yoki bu tarzda taʼsir qilgan pandemiya startaplarga taʼsir qilishi turgan gap. Kimdir ularni yaqin kelajakda ommaviy ravishda yopila boshlaydi, yana kimdir esa, iqtisodiyotning real sektori innovatsiyalarni joriy etishni talab qiladi, shuning uchun startaplarga qiziqish yanada professionallashadi, deb oʻylaydi. Qanday boʻlmasin, tadqiqotning asosiy maqsadi – startaplarga, investorlarga, venchur kapital fondlari vakillariga va davlatga Oʻzbekistondagi startaplarning ehtiyojlari va holatini yaxshiroq tushunishga yordam berish.
Tadqiqot doirasida mutaxassislar Oʻzbekistondagi 120 dan ortiq innovatsion startaplarning asoschilaridan intervyu oldilar: kompaniya qancha daromad oladi, qayerdan sarmoya izlaydi, qanday mahsulotni takomillashtiradi, tashqi bozorlarga chiqishni koʻzlaydimi va rivojlanish institutlaridan qoʻllab-quvvatlash oladimi yoki yoʻqmi.
Shuningdek, Oʻzbekistonning startap infratuzilmasi 5 toifada tadqiq qilindi: Tadbirkorlik boʻyicha taʼlim; Gʻoyaning kontsepsiyasidan boshlab bozorni ishga tushirishgacha startaplarni qoʻllab-quvvatlash; Taklif qilingan kapital; Netvorking; Ekspertiza.
Tadqiqot shuni koʻrsatdiki, Oʻzbekistonda qoʻshimcha yuqori qiymatga ega innovatsion texnologik korxonalarni tashkil etish uchun yetarli darajadagi sharoitlar va inson resurslari mavjud:
- ham davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan dasturlar (IT Park Startup dasturlari, CAT Accelerator, Startup Initiatives, Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash markazlari, Universitet boshlangʻich inkubatorlari va boshqalar), ham xususiy inkubatsiya, akseleratsiya dasturlari (IdeaLab, Startup Factory, IdeaThon, GameDev, WomenInTech, WVA va boshqalar), shuningdek, korkoring markazlari (Ground Zero, C-Space va boshqalar);
- Taʼsischilarning 80 foizi 30 yoshgacha boʻlgan va oliy maʼlumotli yoshlardir, ularning asosiy qismi B2B sektoriga yoʻnaltirilgan;
- “Covid-19” bilan bogʻliq vaziyatga qaramay, surishtirilgan boshlangʻich asoschilardan koʻpchiligi oʻsishni rejalashtirmoqdalar va ularning 93% i esa yaqin kelajakda yangi ishchilarni jalb qilishni rejalashtirmoqda;
- startaplar asosan FinTech, Medtech, EduTech sohalarida rivojlanadilar va ularning 50% i bulturgi startapni ishga tushirishda ijobiy tajribaga ega;
- surishtirilgan startaplarning 70% i minimal hayotiy mahsulotga ega, yillik daromadi 10 000 dollardan oshadi va surishtirilganlarning yarmidan koʻpi turli xil akseleratsiya dasturlari, xakatonlar, tanlovlardan oʻtgan;
- surishtirilganlarning 85% dan ortigʻi loyihada ulushga egalar va loyihaning istiqboldagi rivoji uchun 50 000 dollardan kam miqdordagi kapitalga muhtojlar.
Shu bilan birga, tadqiqot, taʼsischilar oʻz bizneslarini rivojlantirishda duch keladigan qiyinchiliklarni ham koʻrsatib berdi:
- yarmidan koʻprogʻi (89%) rivojlanish uchun taklif etilayotgan kapitalning yetishmasligi, shuningdek, yirik kompaniyalarning startaplar bilan hamkorlik qilishga qiziqishi yoʻqligi, bu biznesning koʻlamini murakkablashtirishini;
- kapital bilan bir qatorda, muassislar tadbirkorlik tajribasiga (aqlli kapitalga) muhtoj va malakali mutaxassislar (dasturchilar, marketologlar) bozori kichikligini qayd etishgan;
- startaplarning asosiy qismi ichki bozorga yoʻnaltirilgan va 10 % dan kamroqni tashkil qiluvchi loyihalar global bozorlarga chiqishni rejalashtirmoqda;
- loyiha hammuassislarining jinsi boʻyicha taqsimot balansi texnologik rivojlangan mamlakatlardagiga nisbatan ancha past.
Tadqiqotni 3 ta tilda interfaol talqinda koʻrish va yuklab olish uchun havolaga oʻting: http://uzvca.uz/research/
2020-07-29