Oʻzbekistonda oʻzbek-koreys biznes-inkubatori ochilmoqda

Bugun, 2019-yil 4-noyabr kuni IT-Parkda Koreya Respublikasining Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi, unda tomonlar Oʻzbekiston Respublikasining startap ekotizimini rivojlantirish boʻyicha kelgusidagi oʻzaro hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.

Tadbirda IT-Parkning innovatsiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari Abdulahad Qoʻchqorov, IGB & Company direktori janob Jung Hoon, Samarqand Biznes-inkubator direktori professor Jung-Jun Lee, meʼmor janob Jiho Park, Global Entrepreneurs Foundation Bosh direktori janob Derik Kim, KOICA Uzbekistan direktorining oʻrinbosari Hyun Young Jo xonim, shuningdek IT-Park vakillari ishtirok etishdi.

Koreyalik tomon IT-Park Venchur Fondi, IT-Akademiya, IT-Laboratoriya va Data-center bilan hamkorlik qilishga, shuningdek, Oʻzbekistonda IT sohasini rivojlantirish doirasida hamkorlikni kengaytirish va kollaboratsiya yaratish uchun bevosita IT-Parkning faoliyatiga qiziqish bildirdi.

KOICA vakillari shuningdek, oʻzlarining kelgusidagi rejalari haqida ham soʻzlab berishdi: kelgusi 4 yil ichida Toshkent shahrida biznes-inkubator ochiladi va unda koreyalik mutaxassislar trekerlik va mentorlik qiladi; barcha boshlangʻich tadbirkorlar IT sohasidagi foydali keyslar va yoʻnalishlarni topishlari, barcha tashkilotlarning inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari, shuningdek, boʻsh ish joyini zaxiralash mumkin boʻlgan Oʻzbekiston hududidagi barcha kovorking markazlari joylashgan xarita haqida bilib olishlari mumkin boʻlgan onlayn platforma tashkil etiladi.

Oʻzlari tomonidan IT-Park vakillari IT-Parkda mavjud boʻlgan infratuzilma, inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari boʻyicha birinchi startap jamoalarning natijalari va jamoalar va guruhlarning trekerlari va mentorlari bilan oʻzaro aloqa qilish shartlari toʻgʻrisida maʼlumot berishdi.

Uchrashuv yakunida IT-Park va KOICA oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga kelishib oldilar: IT-Park koreyalik tomonga inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarini yaratish uchun yordam beradi, dasturlarda tanlab olish mezonlari bilan va tadbirlarni, musobaqalarni va xakatonlarni rivojlantirish boʻyicha oʻz tajribalari bilan boʻlishadi.

2019-11-06