O‘zbekistondagi IT-kompaniyalar uchun oʻziga xos uchta yangi dastur. Ulardan kim, qanday va nima uchun foydalanish kerak

IT Park mahalliy hamda xorijiy BPO va IT-autsorsing kompaniyalari uchun uchta yangi dastur – Local 2 Global, Zero Risk va Global Excellenceʼni ishga tushirdi.

Ularning barchasi dunyoning hech bir davlatida uchramaydigan noyob imkoniyatlarni taqdim etadi. Keling, ulardan kim, qanday va nima uchun foydalanish kerakligini aniqlaylik.

Local 2 Global

Kimlar uchun: o‘z daromadlarini oshirib, eksport qilishni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan, ammo buni qanday amalga oshirishni bilmaydigan Oʻzbekiston kompaniyalari.

Dasturga quyidagilar kiradi:

  •  eksport boʻyicha konsultatiya xarajatlarini qoplash;
  •  mijozlarning O‘zbekistonga sayohatlariga homiylik qilish;
  •  Ekspert yetakchiligi;
  •  chet elga sayohat xarajatlarini qoplash;
  •  Courseraʼdagi eng yaxshi kurslarga bepul kirish imkoni.

Bu nima degani: 

Agar sizning qoʻlingizda aniq harakatlar rejasi va boshingizda aniq tasavvur boʻlsa, eksport qilish osonroq boʻladi. Agar kimdir toʻgʻri yoʻlga yoʻnaltirib tursa undan-da yaxshi.

Shu sababli, tajribali mutaxassislar jamoasiga ega IT Park rejani ishlab chiqish va xalqaro bozorda harakatlanishga yordam beradigan dasturni ishga tushirdi.

Uning doirasida kompaniyalar eksport boʻyicha konsultatsiya xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirishi va o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashadigan mentorlarni olishlari mumkin.

Eksport xorijliklar bilan muloqot qilishni nazarda tutganligi sababli, ularning mamlakatiga borish yoki ularni O‘zbekistonga taklif qilish juda to‘g‘ri bo‘ladi.

Dasturda ishtirok etish ikkalasini ham osonlashtiradi – IT Park xorijlik mijozlarning Oʻzbekistonga tashrifini moliyalashtiradi va xorijiy ish safarlari, xoh koʻrgazmalar, konferensiyalar yoki forumlarda ishtirok etish boʻlsin, xarajatlarini qoplaydi.

Bir tomondan, bu kompaniyaga xorijlik mijozlar bilan aloqalarni yaxshilashga, boshqa tomondan, xorijga chiqishda mablag‘ni tejashga imkon beradi. 

Bundan tashqari, dastur kompaniyaning ayrim xodimlari uchun Courseraʼdagi eng yaxshi kurslarga bepul kirish imkonini beradi.

Demak, dunyoda dolzarb bo‘lgan yoʻnalishlar boʻyicha ko‘proq bilim olish va xodimlarning malakasini oshirish mumkin bo‘ladi.

Nima uchun foydalanishga arziydi: eksport yangi ufqlarni ochadi, lekin maʼlum bilimlarni talab qiladi.

Ularning yoʻqligi kompaniyaning pul va vaqtni behuda sarflashiga hamda xalqaro bozordan koʻngli sovishiga olib kelishi mumkin.

Local 2 Global bu muammoni hal qiladi, chunki u nafaqat bilimlarni, balki jarayonlarni toʻgʻri soʻzlash, dunyo boʻylab koʻproq sayohat qilishni boshlash va koʻproq pul ishlashga koʻmaklashadigan mutaxassislar tomonidan yordam beradi.

Zero Risk

Kimlar uchun: barcha asosiy xavflarni minimallashtirish bilan birga daromadlarni oshirish va xarajatlarni kamaytirishni xohlaydigan xorijiy va mahalliy kompaniyalar.

Dasturga quyidagilar kiradi:

  • 12 oygacha boʻlgan muddatga bepul ofis;
  • ofisni texnik jihozlashda yordam berish;
  • har bir yollangan O‘zbekiston fuqarosi uchun $500;
  • O‘zbekiston fuqarolariga ish haqi xarajatlarining 15 foizigacha qoplash;
  • mamlakatga jalb qilingan mentorlar xarajatlarining 50 foizigacha boʻlgan qismini qoplash.

Bu nima degani:

Soʻnggi yillarda mamlakatda IT-kompaniyalar soni keskin oʻsdi, biroq risklarni taqsimlash joriy etilsa, bu jarayonni tezlashtirish mumkin.

Zero Risk – bu shunday mexanizm. Bu xorijiy kompaniyalarining O‘zbekistonga kirishini osonlashtirishga qaratilgan oʻziga xos dasturdir.

Dastur bepul binolarni taqdim etish, texnika va jihozlar bilan yordam berish va xodimlarning xarajatlarini qoplash orqali kirish chegarasini sezilarli darajada pasaytiradi.

Shu bilan bir qatorda u mintaqalarda IT rivojini ham ragʻbatlantirmoqda. Berilgan imtiyozlar ofisni poytaxtda emas, balki mintaqalarda ochishni yanada jozibador qiladi.

Dasturda qatnashish uchun IT Park rezidenti bo‘lish, eksport bilan shugʻullanish, mamlakatning Toshkentdan tashqaridagi istalgan mintaqasida jismoniy manzilga ega bo‘lish va shtatga kamida 50 nafar O‘zbekiston fuqarosini ishga olish kifoya.

Nima uchun foydalanishga arziydi: eng qiyin bosqich har doim boshlanishdir – bu qaytish uchun vaqt talab qiladigan katta miqdordagi pul infuziyalarini talab qiladi.

Zero Risk bu muammoni kirish chegarasini pasaytirish orqali hal qiladi. Aslida, IT Park asosiy xavfni oʻz zimmasiga oladi, bu esa ishga tushirish jarayonini va ishning birinchi yilini ancha osonlashtiradi.

Global Excellence

Kimlar uchun: Oʻzbekistonda tez va oson ofis ochmoqchi boʻlgan xorijiy BPO kompaniyalari.

Dasturga quyidagilar kiradi:

  • FDI maslahatchilari bilan ishlash
  • platformani tanlash uchun Oʻzbekistonga tashriflar;
  • tadqiqot va tahlillarga kirish imkoniyati.

Bu nima degani:

Oʻzbekiston yangi autsorsing markaziga aylanish sari intilmoqda. Bu yerda muvofiq sharoitlar va bir qator muvaffaqiyatli holatlar mavjud.

Biroq, BPO ofisini ochish jiddiy tayyorgarlik va katta miqdordagi dastlabki ishlarni talab qiladi.

Hamma kompaniyalar ham o‘zlari buni qilishga tayyor emas, shuning uchun IT Park O‘zbekistonda biznes boshlashning huquqiy, tartibga solish, soliq, tashkiliy va boshqa jihatlari bo‘yicha barcha savollarga javob beradigan maslahatchilar xizmatini taqdim etadi.

Dastur doirasida mutaxassislar jamoasi BPO ofislarini joylashtirish uchun mos joylarni topishga yordam beradi va qulay ijara shartlarini boʻyicha muzokaralar olib boradi.

Avval O‘zbekistonga tashrif buyurib, shartlar bilan tanishmoqchi bo‘lgan kompaniyalar toʻliq haq toʻlanadigan tashrif dasturidan foydalanishlari mumkin.

Ular orasida ikki tomonlama aviachiptalar, mehmonxonada yashash, yer usti transporti, davlat organlari, biznes hamkorlar bilan uchrashuvlar va boshqalar mavjud.

Bundan tashqari, Global Excellence bozor tahlillari bilan tadqiqot loyihalariga noyob kirish imkonini beradi.

Bu O‘zbekistondagi IT-autsorsing bozorining hozirgi holati, asosiy trendlari va tendentsiyalari, prognozlari va istiqbollari haqida barcha kerakli ma’lumotlarni olish imkonini beradi.

Nima uchun foydalanishga arziydi: Global Excellence dasturi Oʻzbekistonda BPO ofisini ishga tushirishga tayyorlanishni ancha osonlashtiradi.

Bu, asosan, kompaniyalarni oʻzlari tadqiqot olib borish, maʼlumotlarni toʻplash va mos binolarni qidirishdan ozod qiladigan paketli yechimdir.

Natija qanday

Har uchala dastur ham oʻziga xos – ko‘plab davlatlar xorijiy IT-kompaniyalarni jalb qilishga va mahalliy dasturchilarni rag‘batlantirishga harakat qilmoqdalar, biroq hech kim bunday mustahkam imtiyoz va afzalliklar toʻplamini taqdim etmaydi.

Local 2 Global xalqaro bozorlarga to‘g‘ri kirish imkonini beradi, Zero Risk – O‘zbekistonda biznes yuritishning dastlabki xarajatlarini minimallashtiradi, Global Excellence BPO ofisni natijani uzoq kuttirmaydigan joyda tez ochish imkonini beradi. 

Bularning barchasi O‘zbekistonni IT-xab va xalqaro autsorsing markaziga aylantirish bo‘yicha katta tashabbusning bir qismi. Hozirgi natijalarlarga qaraydigan boʻlsak, bu haqiqatligini koʻramiz.

Muallif haqida ma’lumot:

Timurmalik Elmuradov — tahlilchi, R&D mutaxassisi, “Oliy iqtisodiyot maktabi” tadqiqot universiteti magistri.

Skartaris cho‘qqisi” - O‘zbekistondagi biznes, bozor va texnologiyalar haqidagi yetakchi Telegram-kanal muallifi.

“Univer Club Family” (Rossiya) kompaniyalar guruhi, Daryo.uz internet nashrida rivojlanish uchun mas’ul bo‘lgan, Spot.uz sayti sobiq rahbari va ta’sischisi.

2023-07-28