O‘zbekistonga kiberxavfsizlik bo‘yicha yetakchi kompaniya kirib kelmoqda

30-may kuni IT Park Green Light ITS rezidenti va MUK Group kompaniyasi kiberxavfsizlik bo‘yicha eng yirik yechimlar provayderlaridan biri bo‘lgan Palo Alto Networks kompaniyasining O‘zbekiston bozoriga kirishi sharafiga konferensiya tashkil qildi.

Anjumanda kompaniya mutaxassislari axborot xavfsizligiga innovatsion yondashuvlarni taqdim etdilar va raqamli xavfsizlik sohasida muvaffaqiyatli amalga oshirilgan loyihalarning real misollarini keltirdilar.

Palo Alto Networks kompaniyasining mamlakat bo‘yicha menejeri Kurshad Demirsay mintaqada kiberxavfsizlikni rivojlantirish uchun bunday tadbirlar muhimligini  va O‘zbekiston bozorining bu boradagi o‘sish imkoniyatlari katta ekanligini ta’kidladi.

O‘z navbatida Green Light ITS direktori Doniyor Niyozov ushbu voqea O‘zbekiston IT bozori uchun ahamiyatli bo‘lganini ta’kidladi.

“Endilikda mahalliy mutaxassislar jahon yetakchisining texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatiga ega. Biz Palo Alto Networks kompaniyasining vakolatli hamkori sifatida oʻz sertifikatlangan muhandislarimiz bilan tajriba sinovlari uchun sotuvchi yechimlarni taqdim eta olamiz va har qanday murakkablikdagi loyihalarni amalga oshira olamiz”,  - dedi u.

Mazkur anjuman kompaniyaning O‘zbekistondagi birinchi hamkor tadbiri bo‘lib, unda Palo Alto Networks va hamkor kompaniyalar mutaxassislari avtomatlashtirish orqali himoya samaradorligini oshirish haqida gapirib, yangi ilg‘or texnologiyalarga o‘tishni soddalashtirish va osonlashtirish usullarini ko‘rsatishdi.

Palo Alto Networks – 2005-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Amerikaning axborot xavfsizligi xizmatlari kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniyaning bosh ofisi Kaliforniyaning Santa Klara shahrida joylashgan. Palo Alto Networks xavfsizlik devori va bulutli yechimlarni ishlab chiqadi. Korxona mijozlari orasida dunyoning 150 ta davlatidagi 70 mingdan ortiq tashkilotlar mavjud.

Gartnerning 2022-yil ma’lumotlariga ko'ra, Palo Alto Networks 11 yil ketma-ket xavfsizlik devori bo‘yicha Gartner Magic Quadrantda yetakchi bo‘lib kelmoqda. Kompaniyaning kapitalizatsiyasi 66,44 milliard dollarni tashkil etishi uning kiberxavfsizlik sohasidagi kompaniyalar orasidagi yuqori o‘rnini tasdiqlaydi.

2023-06-15