O‘zbekistonlik yigit Qozon shahridagi “21-maktab”da o‘qish haqida gapirib berdi

IT Park delegatsiyasi Tatariston Respublikasi poytaxti Qozon shahriga tashrifi davomida dasturlash maktabi – “21-maktab”da bo‘lishdi.

Maktab deganada biz umumiy ta’lim yoki bolalar uchun xususiy maktab haqida emas, balki dasturlashni o‘rganish markazi haqida gapirayapmiz. Xulosa qilib aytganda, 21-maktab - bu bepul dasturlashni o'rganish markazi bo‘lib, u yerda siz IT sohasidagi ko‘plab kasblarni o‘rganishingiz mumkin: Java, Go’da dasturchi, Python, Ruby’da veb-ilovalarini ishlab chiqaruvchi va boshqalar, mobil ilovalar dasturchisi, DevOps mutaxassisi, robototexnika sohasidagi mutaxassis, ma’lumotlarni tahlil qilish sohasidagi mutaxassis, kiberxavfsizlik sohasidagi mutaxassis, kompyuter o‘yinlari va AR/VR ilovalarini ishlab chiquvchi.

“21-maktab” - bu yuqori malakali IT mutaxassislarni tayyorlash uchun “Sberbank” tomonidan sotib olingan va ochilgan, dunyoga mashhur fransuz loyihasi “Ecole 42”ning franshizasi hisoblanadi.

Tizimning eng muhim tamoyili - bu talabalarga mustaqil o‘qishga va qat’iy belgilangan muddatlarda ishlashga yordam berish, shunda talabalar o‘zlari va bo‘lajak ish beruvchilar ulardan kutayotgan natijalar uchun mas’uliyatni o'z zimmalariga olishni o‘rganadilar.

2021-yil 23 sentyabrda “21-maktab” vakili Yuliya Vershinina IT Park delegatsiyasi uchun ekskursiya o‘tkazdi va maktab haqida batafsil aytib berdi, IT mutaxassislari uchun o‘quv dasturi va o‘qitish usullari bilan tanishtirdi.

Bu IT Park uchun juda samarali uchrashuv bo‘lib, u yangi ta’lim tizimining ichki “oshxonasi” va IT mutaxassislarni tayyorlash sohasidagi ajoyib tajriba bilan tanishishga yordam berdi.

Bundan tashqari, IT Park delegatsiyasi hozirda Qozon shahrida yashovchi va “21-maktab”da o‘qiyotgan O‘zbekistonlik talaba bilan uchrashishga va muloqot qilishga muvaffaq bo‘ldi.

- O‘zingiz haqingizda bir oz gapirib bersangiz. Siz qayerdansiz va oldin nima qilgansiz?

Mening ismim Sardor, agar to‘liq bo‘lsa - To‘xtaxo‘jaev Sardorxo‘ja. 20 yoshda, Toshkentdan. 2017 yildan beri men ptodakshnda dasturlash bilan shug‘ullanayapman. 2019 yilda Qozon universitetlaridan biriga o‘qishga kirdim, natijada Qozonga ko‘chib ketdim va “21-maktab” bilan tanishdim.

- Siz qachon va nima uchun dasturlashni o‘rganishga qaror qildingiz?

Men bolaligimda kompyuter o‘yinlarini ko‘p o‘ynavorganman. Menda hali simli Internet yo‘q edi, shuning uchun men kompyuterni tiktilay boshladim. O‘sha paytda men uchun bu qiziq ekanligini tushundim. 12 yoshida konstruktorda birinchi veb-saytni yaratdim va taxminan 15 yoshimda Moskva Davlat Universitetining Toshkentdagi filialiga kurslaga bordim. 16 yoshimda men asosiy narsa mustaqil o‘z ustida ishlash ekanligini angladim va o‘zimni o‘rgana boshladim. Hammasi shunday tarzda boshlandi.

Bu men uchun juda qiziq, bir necha kun kod yozishim mumkin va men ishonamanki, bu kelajakda muvaffaqiyat qozonishni istagan har bir kishi uchun muhimdir.

- Siz hozir oliy ma’lumotni egallayotganingizni aytib o‘tdingiz. Aytingchi, sizning taassurotlaringiz qanday?

Hozir men universitetda robototexnika sohasida amaliy informatika fanini o‘rganyapman. O‘ylaymanki, universitet dasturi IT’ning rivojlanishidan ortda qolyapti. Universitetlar, standartlar mavjudligi sababli, dasturchilar uchun hech qachon foydali bo‘lmagan fanlarni qo‘shishga majbur.

Asosiy fanlar bo‘yicha juda ko‘p nazariya, juda kam amaliyot. Va yana: keraksiz narsalar juda ko‘p. Bu nafaqat mening universitetimga, balki axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo‘lgan deyarli barcha universitetlarga tegishli. Universitetlar, “Ecole 42” va “21-maktab”lar tomonidan qabul qilingan ta'lim tizimiga e’tibor qaratishlari kerak.

- Bir vaqtning o‘zida ham universitetda, ham “21-maktab”da ham o‘qish qiyin emasmi?

Men universitetda o‘qishni, “21-maktab”da, universitetda va xususiy kompaniyada ishlashni birlashtirdim. Menimcha, faqat ikkita narsani birlashtirish unchalik qiyin emas. Men universitetdagi ishimdan bo‘shadim, shuning uchun hozirda 3 ta yo‘nalishda ishlashni birlashtiraman.

- Nima sababdan “21-maktab”da o‘qishga qaror qildingiz? Sizga ta’lim tizimining aynan nimasi yoqdi? Va mashg‘ulotlaringiz qanday o‘tmoqda?

Instagramdagi reklamalarni ko‘rib, men shunchaki “basseyn”ga borib ko‘rishga qaror qildim. Hovuz - bir oylik imtihon. Bu mening hayotimdagi eng qiyin sinovlardan biri edi, chunki tunu kun algoritmlar haqida o‘ylash kerak edi.

Men tanlovdan o‘tdim va 2020-yil oktyabr oyida asosiy mashg‘ulotlarni boshladim. Menga maktabdagi hamma narsa yoqadi: ishchi va qulay muhit, maktab xodimlarining o‘quvchilarga bo‘lgan iliq munosabati - ular har doim tabassum qilishadi va yordam berishga shay turishadi, zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan zamonaviy bino.

Va eng asosiysi – ta’lim tizimi. O‘qituvchilar ham, ma’ruzalar ham, o‘qish jadvali ham yo‘q. Hamma narsa mustaqil o‘qish va talabalar o‘rtasidagi muloqotga asoslangan. Sizga aniq bir vazifa beriladi va siz uni oxirigacha to‘liq tushunmaguningizcha topshira olmaysiz. Siz chitingdan foydalanishingiz mumkin, lekin deyarli har doim uni aniqlashadi.

Bundan tashqari, kampus dam olish kunlari ham, bayram kunlari ham 24/7 ochiq. Eshitishimcha, ko‘pkina yigitlar yangi yilni kampusda nishonlashgan. Bu juda zo‘r, chunki men kabi tunda ishlashni yoqtiradigan odamlar bor. Ba’zan kechqurun kelib, ertalab ketaman.

Bundan tashqari, men maktabda geymifikatsiya, koalitsiyalarga, klublarga bo‘linishni — til, robot, musiqa va boshqa sevimli mashg‘ulotlar va ular o‘rtasidagi musobaqalarni tashkil qilishni ta’minlaydigan raqobat ruhi borligini yaxshi ko‘raman. Bundan tashqari, kutubxonachisiz kitoblarga erkin kirish imkoniga ega kutubxona ham mavjud.

Hali ishga joylashmaganlar uchun “21-maktab” stajirovkani topishga yordam berishi kata plus hisoblanadi. Amaliyot respublikaning va umuman mamlakatning yirik kompaniyalarida o‘tkaziladi.

Bularning barchasi kelib o‘qishni xohlaydigan sharoitlarni yaratadi. Biz, talabalar, maktabni haqiqatan ham yaxshi ko‘ramiz.

- Agar o‘qituvchilar, ma‘ruzalar, darsliklar bo‘lmasa. O‘qish uchun ma’lumotni qayerdan olasiz?

Bu juda oddiy, Google'da. O'quv tizimida video darsliklar mavjud, lekin ular kam, va ular yuzaki. Qaytarib o'taman, hammasi mustaqil bilim olishga asoslangan. Bundan tashqari, talabalarning o‘zlari loyihalar bo‘yicha ma’ruzalar yozadilar va yuklaydilar. Men ham bittasini yozgan edim.

-“21-maktab”ga kirish uchun qanday bilim darajasi kerak?

Kompyuterni yoqa olish holos. Dastur umuman bilimga ega bo‘lmaganlar va dasturlashda tajribaga ega bo‘lganlar tanlov davrida ham, maktabda ham bir hil sharoitda his qilishlari uchun yaratilgan.

- Siz amaliyot o‘taganmisiz?

Men asosiy mashg‘ulotlar boshlanishidan oldin ishlaganman, shuning uchun yo‘q. Hozirda men Qozon shahridagi xususiy IT kompaniyada ishlayman va ish joyim hamda jamoadan juda mamnunman.

- O‘qishni tamomlagandan so‘ng, kelajakdagi rejalaringiz qanday?

Bu savolga hozircha javob bera olmayman, lekin bir narsani aytishim mumkin, men o‘z sohamning eng yaxshi mutaxassislaridan biri bo‘lish uchun IT sohasida o‘sishni va rivojlanishni davom ettirishni aniq rejalashtirganman.

Sardor - yordam va qo‘llab-quvvatlashni kutmasdan, o‘zi oldinga qadam tashlab, rivojlanish va o‘z ustida ishlashdan qo‘rqmaydigan o‘rnak bo‘ladigan insonlardan biri. Garchi hozir u hali ham o‘z yo‘lining boshida bo‘lsa-da, lekin ko‘p narsaga erisha oldi va biz bu faqat boshlanish ekaniga aminmiz. Hozir esa unga yo‘lida omad tilab qolamiz va o‘quvchilarimizga shuni eslatmoqchimizki, faqatgina o‘z ustida mustaqil ishlash va ko‘p narsaga erishish uchun cheksiz istak sizga niyatingizdagi odam bo‘lishga yordam beradi. Eng muhimi, to‘xtamang va qiyinchiliklar oldida qo‘lingizni tushirmang. Hozirgi kunda onlayn va Offlayn, pullik va bepul kurslar mavjud bo‘lib, ular sizga yaxshi IT mutaxassis bo‘lishga yordam beradi.

2021-09-30