Oliy oʻquv yurtlaridagi inkubatsion markazlar: taʼlim sohasining birinchi toʻlqini!

IT Park qoʻllab-quvvatlashi bilan Toshkentdagi bir qator universitet va institutlarda oʻz innovatsion loyihasini yaratish va ularni rivojlantirish maqsadida boʻlgan talabalar uchun inkubatsion markazlari ochilishi rejalashtirilgan.

Oliy oʻquv yurtlari qoshida inkubatsion markazlarini ochishdan asosiy maqsad — bu iqtidorli yoshlar orasida yaratilayotgan innovatsion markazlar soni va sifatini oshirish. Oʻz navbatida, inkubatsion markaz asl ilmiy-texnik gʻoyalarni amalga tatbiq etish, kichik innovatsion loyihalar boʻyicha faoliyatini samarali yuritishi uchun talabalarga zarur shart-sharoitlar yaratadi.

Yaqinda 9 ta OTM vakili IT Park tomonidan oliy oʻquv yurtlari qoshida ochilgan inkubatsion markazlari koordinatorlarini oʻqitishning dastlabki oqimida ishtirok etishdi:

1. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

2. Toshkent shahridagi Amiti universiteti

3. Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti

4. Toshkentdagi xalqaro Vestminster universiteti

5. Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti

6. Toshkent shahridagi G.V.Plexanov nomidagi RIU filiali

7. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

8. Toshkent moliya instituti

9. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti

Oʻquv jarayonida koordinatorlar inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari, turli startap tadbirlarini toʻgʻri tashkil etish va yuritish, markaz binosi va manbalarini toʻgʻri muvofiqlashtirish, startaplar bazasi bilan ishlash, startap loyihalari boʻyicha koʻrsatmalar berish, IT instrumentlaridan foydalanish va boshqalar boʻyicha tahsil olishdi.

Bundan tashqari treningda bir qator xalqaro ekspertlar ishtirok etib, inkubatsion markazlarini yuritish borasidagi tajribalari bilan boʻlishdi:

- Mixail Erman, “Iqtisodiyot Oliy maktabi” milliy tadqiqot universiteti qoshidagi inkubatsiya markazi rahbari;

- Alim Hamitov, Qozogʻiston “MOST” biznes-inkubatori asoschisi;

- Pyotr Fedin, itsolschool.ru va 20.35 Unversitet metodologi, treker;

- Nadejda Yanushkevich, croc.ru kompaniyasida IT-taʼlimni rivojlantirish yoʻnalishi rahbari va 20.35 Universiteti intensiv vakili ;

- Bolat Sultangazin, Qozogʻiston Nazarboyev universiteti qoshidagi inkubatsiya markazi rahbari.

Yana shuni taʼkidlash lozimki, inkubatsion markazlarning uzoq muddatli maqsadlari va vazifalari quyidagilardan iborat:

- mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish;

- Oʻzbekistonda yuqori innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish;

- innovatsion yoʻnalishdagi kichik biznesni rivojlantirish, talabalarga loyihalar boʻyicha faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoitlarni taʼminlash;

- talabalar va tajribali mutaxassislar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatni yoʻlga qoʻyish;

- yangi ish oʻrinlari yaratish.

Inkubatsion markaz talabalarga innovatsion dasturlashni gʻoyadan to ishlab chiqarish va ilk muvaffaqiyatli sotishgacha boʻlgan jarayonni tijoriylashtirishga moʻljallangan.

Tez kunlarda oliy oʻquv yurtlari jamiyat uchun foydali va qiziqarli boʻlgan innovatsion loyihalar koʻrinishida oʻz natijasini beradigan dastlabki talabalar inkubatsion markazlari ishga tushadi. ilk dasturlar onlayn tartibda oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.

Universitet yoki institutingizga oid yangiliklarni kuzatib boring! Oʻz startaplaringizni rivojlantiring!

2020-08-28