Onlayn vorkshop: “Shaxsiy samaradorlik”
20-fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da tadbirkorlar va startap loyihalar asoschilari uchun “Shaxsiy samaradorlik” mavzusida onlayn vorkshop bo‘lib o‘tadi.
Onlayn uchrashuv ishtirokchilari quyidagilar haqida bilib olishadi:
- shaxsiy samaradorlik nima va u nimadan iborat;
- samaradorlik darajasini qanday toʻgʻri baholash kerak;
- uni qoʻllab-quvvatlash uchun qanday meta-koʻnikmalar kerak;
- nima uchun estensializm trendga aylandi va u shaxsiy samaradorlik bilan qanday bogʻliq;
- samarali boʻlishiga nima toʻsqinlik qiladi.
Sessiya spikeri Future Leader kompaniyasining hammuassislari bo‘ladi:
- Olga Panfilova – IHCAʼda sertifikatlangan kouch va mental murabbiy, biznes psixologi, MBA darajasi va ACCA sertifikatsiyasi sohibi. Strategik va jamoaviy sessiyalar fasilitatori. Kompaniya rahbarlari bilan 2000 dan ortiq maslahatlashuvlar va murabbiylik mashgʻulotlarini oʻtkazdi;
- Anna Ambrozevich – mentor va jamoa rahbari, marketing texnologiyalari boʻyicha ekspert. U yirik xalqaro kompaniyalar hamda startaplarda jamoalar va jarayonlarni qurgan. Women in Tech mentori. Kembrij universitetida ayollar yetakchiligi kursi bitiruvchisi. Digital-texnologiyalar boʻyicha bir qator maqolalar va kurslar muallifi.
Sessiya rus tilida olib boriladi va 3 soat davom etadi. Tadbir nazariy va amaliy qismlarni oʻz ichiga oladi, shuning uchun ishtirokchilar eʼtiborini jalb qilish va yoqilgan kamera talab qilinadi.
Ishtirok etish uchun arizalar 19-fevralgacha qabul qilinadi: https://forms.gle/34pLGU5Gh6vJ7yoRA
Shoshiling, joylar soni cheklangan!