«Open Data Challenge» xakatoniga roʻyxatdan oʻtish oʻz nihoyasiga yetdi: statistika

Yaqinda biz Oʻzbekiston iqtisodiyoti, axborot texnologiyalari va tadbirkorlikda ochiq maʼlumotlarni rivojlantirishga qaratilgan har yili oʻtkaziladigan «Open Data Challenge» xakatoniga arizalar qabuli ochilganini e’lon qilgan edik.

Ariza qabul qilish jarayoni 4-noyabrdan 1-dekabrgacha davom etdi. Bugun esa siz bilan qabul qilingan arizalar boʻyicha statistik maʻlumotlarni boʻlishamiz.

Xakatonda ishtirok etish uchun hammasi boʻlib 616 ta ariza kelib tushdi.

Ulardan:
Biznes - 229;

Davlat sektori – 98;

Ijtimoiy sektor – 144;

Maʼlumotlarni transformatsiya va generatsiya qilish – 145.
Ariza topshirganlar orasida quyidagi mutaxassislik vakillari bor:

Loyiha menejerlari – 204;

Dizaynerlar – 97;

Dasturchilar – 315.

Bundan tashqari, ariza topshirganlar orasida maktab va OTM talabalari ham bor. Jami ariza topshirgan maktab oʻquvchilar soni - 144 nafar.

Xakatonga roʻyxatdan oʻtgan OTM vakillari:

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti - 90

Toshkent shahridagi Inha universiteti - 41

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti - 21

Toshkent shahridagi Amiti Universiteti - 8

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti - 5

Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti - 5

Boshqa OTMlar - 188

Eslatib oʻtamiz, “Open Data Challenge” xakatoni IT Park tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Dubai Future Foundation, YeXHTʼning Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori, shuningdek, “One Million Uzbek Coders” dasturining hamkorligida doirasida oʻtkaziladi.

Ishtirokchilarga uch kun davomida ochiq maʼlumotlardan foydalangan holda raqamli yechim (ilova, xizmat, elektron qurilma) ishlab chiqish vazifasi yuklanadi.

Shuningdek, ishtirokchilar uch kun davomida ochiq ma’lumotlar boʻyicha yetakchi mutaxassislarning trening va mahorat darslarida qatnashish va xakaton davomida mentorlar bilan ishlash imkoniyatiga ega boʻladilar.

Toʻrt yoʻnalish boʻyicha xakaton g'oliblariga, shuningdek, maktab oʻquvchilari toifasidagi gʻoliblarga IT Park tomonidan intensiv akseleratsiya dasturida bepul oʻqish imkoniyati beriladi.

Sovrin jamgʻarmasi $40 000 tashkil etadi.

Batafsil ma’lumot: https://datahack.uz/



 

2020-12-03