Polsha Respublikasi Elchisining IT Park'ga tashrifi

2023-yilning 3-iyul kuni Polsha Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Radoslav Gruk va elchixona vakili Ali Musabekov “IT Park Uzbekistan”ga tashrif buyurishdi.

Tashrifdan kozlangan maqsad IT-Park bilan kelgusidagi hamkorligini muhokama qilish, shuningdek, Ozbekistonning AKT yonalishi bilan yaqindan tanishish  boldi.

Mehmonlarni IT Park Ijrochi direktori Abdulahad Kuchkarov, Investitsiyalar va xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Nigora Mirjalilova va IT-xizmatlar eksportini rivojlantirish departamenti rahbari Sultonmurod Rasulov kutib olishdi.

Abdulahad Kuchkarov uchrashuv qatnashuvchilariga ajratgan vaqt uchun minnatdorchilik bildirdi. Shundan so‘ng, IT Park haqidagi  taqdimotni namoyish etdi va uning maqsad va yutuqlarini ochib berdi. Uchrashuvda IT-Park vakillari mehmonlarga hukumat tomonidan mamlakatni mintaqaviy IT-xabga aylantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘zlab berdi.

Janob Radoslav Gruk Polsha va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikka katta qiziqish bildirdi. Uchrashuvda u O‘zbekistondagi biznes jarayonlar sektori (BPO) haqida ijobiy fikr bildirdi va IT-Park va Polsha eksportga yo‘naltirilgan texnoparklari o‘rtasida aloqalarni o‘rnatishda ko’prik vazifasini bajarish istagini bildirdi.

Janob Elchi, shuningdek, IT Park va Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan “Digital Leadership Forum-2023” va “ICT Week-2023” kabi tadbirlarga qiziqish bildirdi. Uchrashuv davomida O‘zbekistonning axborot texnologiyalari sohasidagi investitsiya salohiyati va imkoniyatlarini namoyish etish maqsadida Polshada O‘zbekiston IT kunlari sarmoyaviy seminarini (Uzbekistan IT Days) o‘tkazish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Uchrashuvda ushbu seminar doirasida autsorsing sohasida hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Polshaning BPO kompaniyalari bilan B2B uchrashuvlarini tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, janob Elchi IT Park va Krakow Technology Park hamda Pomeranian Science and Technology Park Gdynia oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istagini bildirdi.

Muloqot yakunlari bo‘yicha tomonlar so‘nggi yillarda O‘zbekistonda AKT sohasida amalga oshirilgan ijobiy o‘zgarishlarni qayd etdilar. Uchrashuv IT Park infratuzilmasi bo‘ylab ekskursiya va esdalik sovg‘a taqdim etish bilan yakunlandi. Ikkala tomon ham aloqani davom ettirishga kelishib oldilar.

Ma’lumot uchun:

Krakow Technology Park (Krakowski Park Technologiczny) Polsha investitsiya zonasini boshqaradigan, soliq imtiyozlarini ta’minlovchi va biznesni yangi sarmoya kiritishga ilhomlantiradigan biznes uchun yagona markazdir. Ushbu Parkda 350 ga yaqin kompaniya, jumladan, startaplar, kichik va o‘rta turdagi, shuningdek,  yirik texnologiya kompaniyalari faoliyat yuritadi.

Pomeranian Science and Technology Park Gdynia - biznes, fan va texnologiyani birlashtiruvchi eng yirik markazdir. Bu yerda axborot texnologiyalari, telekommunikatsiyalar, biotexnologiyalar, energetika, dengiz va kemasozlik sanoati, tibbiyot va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha 250 ga yaqin korxona faoliyat koʻrsatmoqda.

2023-07-06