Mukofot jamg‘armasi $1 million bo‘lgan IT-startaplar sohasidagi keng ko‘lamli tanlov – “President Tech Award”ning 5 ta asosiy yo‘nalishi uchun arizalar qabuli yakunlandi.
Koʻproq yoshlarni jalb etish maqsadida IT Park vakillari O‘zbekistonning barcha maktab va ta’lim muassasalarida tanlov taqdimotlarini tashkil etishdi. Tadbir haqida xabardorlikni oshirish uchun taniqli san’atkorlar va bloggerlar ishtirokidagi informatsion videoroliklar, turli mintaqalarda bilbordlar, universitetlar hamda metropolitenda posterlar joylashtirildi va boshqa tadbirlarni oʻz ichiga olgan keng qamrovli PR-kampaniya yo‘lga qo‘yildi.
“President Tech Award” startap tanlovi loyihalarini baholash bosqichida bir nechta hamkor kompaniyalar, jumladan Google va MasterCard, shuningdek Gyeongbuk Technopark va KOICA yordam beradilar.
Tanlovga roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilarning rekord soni – 4000 dan ziyod nafarni tashkil etdi. Ulardan:
Ishtirokchilar orasida 12,2% – ayollar, 87,8% – erkaklar. Ishtirokchilarning oʻrtacha yoshi 21,7 yoshni tashkil etdi.
Bugungi kunga qadar 150 dan ortiq jamoa maxsus yo‘nalish – Xakaton uchun ariza topshirgan, qabul hali davom etmoqda.
Tanlovning sovrin jamgʻarmasi quyidagicha taqsimlanadi:
Asosiy yoʻnalishning har bir toifasi uchun:
1-oʻrin — $100 000;
2-oʻrin — $50 000;
3-oʻrin — $30 000.
Xakaton gran-prisi uchun (maxsus yoʻnalish) – $100 000 (bitta gʻolib).
Eslatib o‘tamiz, arizalar qabuli 2023-yil 1-maydan boshlangan va ikki oy davom etgan. Oldinda ishtirokchilarni tanlovning quyidagi bosqichlari kutmoqda:
Dastlabki saralash – 25-iyulgacha;
Bootcamp – ekspertlar bilan seminarlar, master-klasslar va networking-uchrashuvlar – avgust oyida;
Tanlangan loyihalarni onlayn baholash – 5-sentyabrdan 5-oktyabrgacha;
Oflayn baholash (Demo Day) va xakaton – 5–10-noyabrgacha;
G‘oliblarni aniqlash va taqdirlash – 20-noyabrdan 25-dekabrgacha.
Bootcamp “President Tech Award” tanlovining muhim qismi bo‘lib, ishtirokchilarga o‘z loyiha g‘oyalarini ishlab chiqish hamda kengaytirish uchun platforma taqdim etadi. Ushbu tadbir yangi aloqalar oʻrnatish, startap sohasida mutaxassislar, murabbiylar va muvaffaqiyatli tadbirkorlardan qimmatli bilim va yordam olish imkonini beradi. Bootcamp doirasida ishtirokchilar hamfikrlar bilan suhbatlashishlari, potensial hamkorlarni topishlari va turli sohalardagi mutaxassislardan qimmatli maslahatlar olishlari mumkin. Shuningdek, u loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda yordam bera oladigan mentor va startaplarning muvaffaqiyatli asoschilari bilan tanishishni oʻz ichiga oladi. Tadbir 7–19-avgust kunlari Toshkent, Farg‘ona va Samarqand shaharlarida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Telefon: +998 71 209 11 99
Elektron pochta manzili: info@awards.gov.uz
Telegram kanali: https://t.me/PresidentTechAward
Telegram guruhi: https://t.me/uztechawar
Maʼlumot uchun:
Google – bu internet texnologiyalari, qidiruv tizimlari va bulutli hisoblashlarga ixtisoslashgan dunyodagi eng yirik va eng taniqli kompaniyalardan biri hisoblanadi. U ishtirokchilarni qoʻllab-quvvatlash uchun oʻz resurslari, bilim va tajribasini taqdim etadi. Google jamoasi dunyoni oʻzgartirish potentsialiga ega boʻlgan texnik innovatsiyalarni aniqlash uchun oʻz tajribasidan foydalangan holda baholash va gʻoliblarni tanlash jarayonida ishtirok etadi.
MasterCard – bu xalqaro toʻlov tizimi va kompaniya boʻlib, u banklar, savdo nuqtalari va isteʼmolchilar oʻrtasida elektron toʻlovlarni qayta ishlash texnologiyasini taqdim etadi. Kompaniya moliyaviy texnologiyalar (FinTech) sohasida faol ishtirokchi hisoblanadi va yangi innovatsion yechimlarni joriy etishda davom etmoqda. U toʻlov jarayonlarini yaxshilash va mijozlarga qulaylik yaratish uchun blokcheyn, sunʼiy intellekt, Internet-narsalar (IoT) va boshqalar kabi yangi texnologiyalarni rivojlantirishga sarmoya kiritadi.
KOICA – (Koreya xalqaro hamkorlik agentligi) 1991-yilda tashkil etilgan Janubiy Koreya davlat agentligi hisoblanadi. Agentlik rasmiy rivojlanish yordami (RRY)ni koʻrsatish va taʼlim, sogʻliqni saqlash, qishloq xoʻjaligi, iqtisodiy rivojlanish, infratuzilma, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va barqaror rivojlanish kabi turli sohalarda rivojlanish loyihalarini amalga oshirish bilan shugʻullanadi. Agentlik 100 dan ortiq mamlakatlarda, jumladan Afrika, Osiyo, Lotin Amerikasi va boshqa mintaqalarda faoliyat yuritadi.
Gyeongbuk Technopark – Koreya Respublikasining Kyonsan provinsiyasida joylashgan texnopark va ilmiy-texnik innovatsion markaz. U 2001-yilda tashkil etilgan va Koreyadagi eng yirik texnoparklardan biri hisoblanadi. Texnopark texnologik innovatsiyalarni rivojlantirish hamda tijoratlashtirish uchun infratuzilma va yordam beradi. Kompaniya kichik va o‘rta korxonalarga zamonaviy laboratoriyalar, ofis xonalari va ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyatini berish orqali ularning o‘sishi va rivojlanishini rag‘batlantiradi.
2023-07-18