Qashqadaryoda birinchi Raqamli texnologiyalar oʻquv markazi ochildi

26-fevral kuni Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida birinchi Raqamli texnologiyalar oʻquv markazi ochildi. Markaz uchun “Oʻzbektelekom” AJ Qashqadaryo filialiga qarashli boʻsh telefon stansiyasi binosi ajratildi. Qayta tiklangan bino toʻliq ishlashi uchun zarur uskunalar va texnologiyalar bilan jihozlangan.

Xususan, Markazning maʼruza zallari va kompyuterlashtirilgan auditoriyalarida yoshlar va telekommunikatsiya korxonalari xodimlari quyidagilar boʻyicha taʼlim olishadi:

yangi texnologiyalarni joriy etish;

innovatsion tadbirkorlik va elektron tijorat asoslari;

IT loyihalarini, kompyuter texnologiyalarini qoʻllab-quvvatlashning zamonaviy va samarali mexanizmlarini yaratish;

shuningdek, dasturlash, robototexnika va kibersport asoslarini oʻqitish uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

Markazda autsorsing xizmatlarini rivojlantirish uchun dasturchilarga ingliz tilini oʻrgatish, shuningdek davlat idoralari xodimlarining kasbiy yoʻnalishini rivojlantirishga alohida eʼtibor beriladi.

Ochilish marosimida Kasbi tumani hokimi Toʻxtamurod Meyliev, vazirlikning hududiy boshqarmasi boshligʻi Sanjar Oripov, IT-markaz direktori Nodir Alibekov, jamoat arboblari, davlat taʼlim muassasalari vakillari, IT tashkilotlari va kompaniyalari vakillari, shuningdek talabalar ishtirok etishdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta tashabbusning uchinchi yoʻnalishi aholi va yoshlarni kompyuter texnologiyalari va Internetdan samarali foydalanishga oʻrgatish masalalariga bagʻishlangan. Belgilangan maqsadlarga muvofiq respublikada 188 ta shunday Markazni ochish rejalashtirilmoqda va Qashqadaryodagi Raqamli texnologiyalar oʻquv markazi 23 chisi boʻldi.

2020-02-27