27-29-may kunlari TumarisHack nomli Markaziy Osiyo ayol-dasturchilar uchun mo‘ljallangan onlayn xakaton boʻlib oʻtdi.
TumarisHack – bu Markaziy Osiyo mamlakatlari ayol-qizlari uchun mo‘ljallangan onlayn xakaton bo‘lib, unda ishtirokchilar ikki kun davomida murabbiylar ko‘magida yechimlar taklif qilish va hakamlar hay’atiga taqdim etish uchun ilova prototiplarini yaratish ustida ishladilar.
Xakaton IT Park tomonidan USAIDning Tadbirkorlik va biznes muhitini rivojlantirish loyihasi, Beeline Uzbekistan raqamli operatori, TBC Bank, Wonder Women hamjamiyati ko‘magida tashkil etildi.
Jami 85 ta jamoadan 47 tasi Demo kunigacha yetib keldi. Tadbir 4 ta yo‘nalishda o‘tkazildi: FinTech, E-commerce, DeepTech, Wonder Women.
Wonder Women yo‘nalishi doirasida quyidagi vazifalar qo‘yildi:
- Wonder Women APP-da foydalanuvchi xabarlari va postlarining kayfiyatiga mos rangni aniqlaydigan texnologiyani ishlab chiqish;
- faqat ayollar uchun ishlab chiqilgan ilovada avtorizatsiya qilish usulini ishlab chiqish.
G‘oliblar
FinTech, DeepTech, E-commerce yo‘nalishlari bo‘yicha:
1-o‘rin - DNK jamoasi (PeTag loyihasi - uy hayvoni salomatligini kuzatish imkonini beruvchi qurilma);
2-o‘rin – From MADE to top jamoasi (tibbiyot muassasalari uchun mo‘ljallangan, neyron tarmoqlardan foydalanuvchi, talabalar interaktiv shaklda ta’lim olishlari mumkin bo‘lgan o‘quv platformasi loyihasi;
3-o‘rin – Fazo jamoasi (supermarketlar va savdo markazlarida navbatlar muammosini hal qilish uchun uchun ekotizim loyihasi).
G‘olib jamoalar akseleratsiya dasturiga hech qanday tanlovsiz kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Wonder Women yo‘nalishi doirasida qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ladigan qolgan jamoalar:
- Study Pool (natijalarni keyinchalik relyatsion jadvallarga o‘tkazish imkoniyati bilan API orqali matnni qabul qilish, filtrlash va tahlil qilish uchun noyob funksiya ishlab chiqdi. API salbiy xabarlar va istalmagan xabar jo‘natuvchilar bilan kurashadi;
- GGG (xizmat doirasida xavfsiz muloqot qilish imkonini beruvchi faqat ayollar uchun ishlab chiqilgan ilovadagi avtorizatsiya loyihasi);
- Mind Optimizer (faqat ayollar uchun ishlab chiqilgan ilovadagi avtorizatsiya loyihasi).
Tadbir raqamlarda
Ishtirok uchun jami 550 ta ariza kelib tushdi. Ulardan:
• Qozog‘istondan 202 ta;
• O‘zbekistondan 186 ta;
• Qirg‘izistondan 82 ta;
• Tojikistondan 35 ta;
• Turkmanistondan 28 ta;
• 17 ta boshqa davlatlardan.
Yo‘nalishlar:
• FinTech — 21%;
• elektron tijorat — 27%;
• DeepTech - 21%;
• Wonder Women - 31%.
Ishtirokchilar:
• 22% dizaynerlar;
• 34% menejerlar;
• 44% dasturchilar.
Ishtirokchilarning o‘rtacha yoshi – 20 yosh.
Mentorlar
- Samat Guronov – “Beeline” raqamli mahsulotlar va xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha loyiha menejeri (E-commerce, FinTech, DeepTech);
- Shohrux Alimov - CTO BeeLab MChJ (elektron tijorat, FinTech, DeepTech, Development);
- Aleksey Pak - Senior integrator, TBC (FinTech, elektron tijorat);
- Fozil Umarov – Integrator, TBC (development bo‘yicha);
- Azizbek Azizov - AloqaVentures (FinTech) direktor o'rinbosari;
- Fink-Yakovlev Ernest - qiwi.uz mahsulot menejeri (Startap bo'yicha umumiy konsultatsiyalar);
- Munira Begmuratova - Senior Software Engineer & Community Leader.
Hakamlar hay'ati:
FinTech, DeepTech, E-tijorat:
- Asel Abdrahmanova - Umay Angels direktori, MOST VC (Qozog'iston);
- Valeriy Grishin - DevCIT kompaniyasi rivojlanish bo‘yicha direktori (Qirg'iziston);
- Shohrux Alimov – “Beelab” MChJ (“Beeline” sho‘ba korxonasi) texnik direktori;
- Zaytuna Saydullayeva – “Beehive Design&Development” kompaniyasi ijrochi direktori (Tojikiston);
- Aleksandr Melodiev - Integrators team lead, TBC banki.
Wonder Women yo‘nalishi:
- Rada Islomova - Wonder Women asoschisi/bosh direktori;
- Bakitjan Seyitkazin - CTO Wonder Women;
- Liliya Zavatskaya - Wonder Women mahsulot menejeri.
2022-05-30