Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ellikqalʼa tumanida IT Markaz filiali ochildi!

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning aholi va yoshlar tomonidan kompyuter texnologiyalaridan keng va samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish, yoshlarni axborot texnologiyalari sohasida tadbirkorlikka jalb etishni nazarda tutuvchi “Besh tashabbus”ning Uchinchisini amalda tatbiq etish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi aholi, asosan, yoshlar tomonidan kompyuter texnologiyalarini keng hamda samarali foydalanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini maʼlum qildi.

Shu tariqa, 2020-yilning 26-avgust kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ellikqalʼa tumanida yangi IT Markazining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Markaz binosi sifatida “Oʻzbektelekom” Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali belgilandi.

IT Markaz Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Ellikqalʼa tumani, Boʻston shahri, Sh.Rashidov koʻchasi, 8-uyda joylashgan.

Raqamli texnologiyalar boʻyicha oʻqituvchi mazkur markazda quyidagi mutaxassisliklar boʻyicha tahsil olish mumkin:

- Kompyuter savodxonligi;

- MS Office chuqurlashtirilgan darslari;

- Veb dasturlash tillari;

- Grafika va dizayn asoslari;

- Mobil ilovalarni yaratish;

- Python dasturlash tili;

- Arduino va Lego Mindstorms asosida mobil robototexnika;

- Shuningdek, kibersport: CS:GO, Dota2, FIFA20.

Kurslar 9 yoshdan 25 yoshgacha boʻlgan kattalar va bolalar uchun moʻljallangan.

Ochilish marosimda qatnashgan rahbar vakillar:

Ellikqalʼa tuman xokimi Seydaxmat Seydaliyevich Avezmatov, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boshqarmasi boshligʻi Timur Reymbayevich Bayekeyev, IT Markaz Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali direktori Madiyar Elmuratov. “Uztelekom” AJ Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali direktori Kayrat Tajenov, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boshqarmasi boʻlim boshligʻi Jumambet Besinbayev va boshqalar.

IT Markaz nafaqat IT sohasidagi eng dolzarb kasblarni oʻrgatadi, balki turli tadbir, seminar, ma’ruza va kibersport boʻyicha turnirlar oʻtkaziladigan hudud vazifasini ham oʻtaydi.

Maʼlumot uchun:

Bugungi kunda mamlakatda jami 42 ta IT Markaz ochilgan. 2020-yilning oxiriga qadar Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab 188 ta IT Markaz ochilishi rejalashtirilgan.

IT-Markazlari veb-saytiga havola: https://www.itcenter.uz/

2020-08-27