“Enterprise Uzbekistan” Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rish doirasida yetakchi xalqaro va mahalliy yuridik firmalar, shuningdek, sohaga oid uyushmalar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Asosiy e’tibor alohida huquqiy rejim, investitsiya kafolatlari va intellektual mulk himoyasini ta’minlaydigan huquqiy bazani ishlab chiqishga qaratildi.
Muhokamada “SteelRose Legal”, “Latham & Watkins” va “White & Case” yuridik firmalarining xalqaro ekspertlari ishtirok etdilar.
Shuningdek, IT Park Uzbekistan’da mahalliy yuridik maslahat kompaniyalari va sohaga oid uyushmalar, jumladan “Azizov & Partners”, “Vakhidov & Partners”, “ABACUS”, “SOLVO”, “GRATA”, “Black Swan Consulting” va O‘zbekiston patent vakillari uyushmasi vakillari bilan davra suhbati o‘tkazildi.
Bundan tashqari, “K&Y Partners” va “Settle Law Firm” bilan alohida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
“Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi muhokamalarning asosiy mavzusiga aylandi. Uchrashuvlarda ko‘tarilgan asosiy masalalar quyidagilarni o‘z ichiga oldi:
“Enterprise Uzbekistan” yetakchi yuridik firmalar va ekspertlar bilan faol hamkorlikni davom ettirmoqda, normativ-huquqiy bazani takomillashtirish orqali O‘zbekistonda xalqaro investorlar va raqamli iqtisodiyot uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga intilmoqda.
2025-03-18