Joriy yilning 1 sentyabr kuni boshlangan “Red Bull Basement” musobaqasi doirasidagi milliy final g‘olibini e’lon qilishga tayyormiz.
Eslatib o‘tamiz, “Red Bull Basement”- bu IT Park hamkori “Red Bull” kompaniyasining yirik xalqaro tadbiridir. Tanlov doirasida yosh talaba – ishtirokchilar dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartira oladigan qiziqarli, ijodiy, eng muhimi, texnologik g‘oyalarni taqdim etishlari zarur edi.
Tanlovning maqsadi- talabalarni konstruktiv tarzda o’zgartirishga hamda hozirgi va kelajakdagi dunyoga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga birlashtirish va ilhomlantirish hisoblanadi.
Ishtirokchilar bir necha bosqichlardan o‘tishdi, xususan, ajoyib g‘oya o‘ylab topishdi va ingliz/rus tillarida videoga olishdi, o‘z g‘oyasiga shakl berishdi va hakamlar hay’ati natijalarini kutishdi. Jamiyatning o‘tkir muammosini hal qiladigan har qanday g‘oya mamnuniyat bilan qabul qilindi.
Butun dunyodan jami 4041 ta ariza kelib tushgan boʻlib, O‘zbekistonda ishtirok etish uchun 12 ta jamoa ariza topshirgan edi. Gʻolib esa “E-med” loyihasi bo‘ldi. Butun dunyodan 44 nafar milliy final ishtirokchilari boʻlishdi.
“E-med” loyihasi – bu mobil ilova va veb-sayt koʻrinishidagi platforma boʻlib, shaxsiylashtirilgan tibbiy ma’lumotlarni (joriy davolash, tashxislar, oldingi analizlar, testlar, MSCT, rentgen nurlari va boshqalar) saqlaydi va bemorni shifokor bilan bog‘laydi. Loyiha tibbiy ma’lumotlarni qog‘oz formatda raqamlashtirishga qaratilgan. Bu bemorning sog‘lig‘i haqidagi ma’lumotlarning ishonchliligini oshiradi, shuningdek, shaxsiy ma’lumotlarning saqlanishi va maxfiyligini, kasallik tarixini bir marta bosishda mavjudligini, bemorning tibbiy yozuvlarining mustahkamligini, tibbiy hujjatlar va laboratoriya ma’umotlarini almashish qulayligini hamda shifokorlar o‘rtasidagi natijalar, bemorlarni to‘g‘ri davolash tufayli o‘limni kamaytirish va boshqalarni taʼminlaydi.
Xalqaro final bosqichida finalchilar xalqaro ekspertlar, murabbiylar va boshqa hamfikrlar yordamida o‘z loyihalarini tayyor mahsulotga keltiradilar. Shundan so‘ng, ishtirokchilar yakuniy taqdimotlarni o‘tkazadilar va 2021-yilda xalqaro final g‘olibi unvoniga sazovor bo‘lgan jamoa o‘z g‘oyasini haqiqatga aylantirish uchun zarur bo‘lgan maxsus resurslar to‘plamini oladi.
Qo‘shimcha ma’lumot: https://basement.redbull.com/en-us/global-final
2021-11-09