Roadshow: «mGovAward» tanlovi doirasida yoshlar bilan uchrashuv

1-mart kuni “mGovAward” tanlovi doirasida Samarqand va Qarshi yoshlari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi, unda IT Park xodimlari barchani tanlov bilan tanishtirishdi, qiziqtirgan savollarga javob berishdi va seminarlarda eng faol ishtirokchilarni esdalik sovg‘alari bilan taqdirlashdi.



 Uchrashuvlarda 400 dan ortiq maktab o‘quvchilari, OTM va IT-texnikumlarning talabalari ishtirok etdilar.

 Seminarlar IT Park menejeri Jahongir Kagirov, IT Park Samarqand filiali direktori Sherzod Yusupov hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligining viloyat hududiy boshqarmasi vakillari ishtirokida o‘tkazildi.





Eslatib oʻtamiz, “mGovAward” doirasidagi Roadshow joriy yilning 24-fevralda boshlangan va 5-martgacha davom etadi.

Uchrashuvlar jadvali bilan tanlovning rasmiy veb-saytida tanishishingiz mumkin: https://mgovaward.uz

Oldingi uchrashuv haqida bu yerda oʻqing: https://clck.ru/dVrNy 

2022-03-02