“RuCode 4.0” xalqaro dasturlash festivali boshlandi

Shu yilning oktabr oyida IT Park hamkorligida sunʼiy idrok va dasturlash boʻyicha navbatdagi “RuCode” xalqaro ta’lim festivali boshlandi. Festival oxirgi 2 yil ichida allaqachon uch marotaba o‘tkazilgan va ishtirokchilarning umumiy soni 40 mingdan oshgan.

Tashkilotchi kim?

Festival Moskva Fizika va Texnologiya Instituti tomonidan IT Park, Rossiyaning yetakchi oliy oʻquv yurtlari va IT tashkilotlari bilan hamkorlikda, Rossiya Federatsiyasi Fan va Oliy taʼlim vazirligi koʻmagida tashkil etilgan. Tadbirning asosiy tijoriy hamkorlari - MegaFon, Yandex, Sberbank va Gazprombank.

Festivalning yoʻnalishlari qanday?

Ilgari “RuCode” festivali asosan sunʼiy idrok va algoritmik dasturlash boʻyicha oʻtkazilgan boʻlsa, bu yil festivalning uchinchi yangi yoʻnalishi – 1C da dasturlash boshlandi.

Sunʼiy idrok bosqichlari sanalari:

Onlayn saralash bosqichi – 21–24-oktyabr;

Intensiv – 28–17-oktyabr;

Chempionat – 20-noyabr.

Algoritmik dasturlash ishtirokchilari uchun muhim sanalar:

Onlayn saralash bosqichi – 2–7-noyabr;

Intensiv – 15–19-noyabr;

Chempionat – 21-noyabr.

1C dasturlash bosqichlari jadvali:

Onlayn saralash – 27-sentyabrdan 27-oktyabrgacha;

Intensiv – 1–17-noyabr;

Chempionat – 20-noyabr.

Intensiv tayyorgarlik uchun onlayn kurslar bormi?

Festival tashkilotchilari, shuningdek, dasturlash va sunʼiy idrok nazariy jihatlarini emas, balki amaliy komponentni oʻz ichiga olgan onlayn kurslar shaklida ishtirok etish uchun har tomonlama tayyorgarlik dasturini ham yaratdilar. Butun yil davomida dasturlash va sunʼiy idrok boʻyicha onlayn kurslar oʻtkaziladi va 1C dasturlash boʻyicha tayyorgarlik video darslari 27-sentyabrdan boshlanadi.

Onlayn kurslar ishtirokchilarga ko‘p yillik o‘qituvchilar tajribasidan kelib chiqib, kelajakda oʻz gʻoyalarini kodda amalga oshirish yoʻllarini batafsil koʻrib chiqish, shuningdek, bu borada oʻz tadqiqotlarini boshlash uchun sunʼiy idrok olamiga kirish imkonini beradi. Onlayn kurslarni tugatgandan so'ng, talabalarga intensivlik haqidagi maʼlumotlarni oʻzlashtirish va toʻplangan bilimlarni amalda qoʻllash ancha osonlashadi.

Roʻyxatdan tish va kurslarga bepul kirish uchun havolani bosing:

C/C ++ sport dasturlash asoslari: https://stepik.org/course/80538/promo

Sport dasturlashni tezda boshlash: https://stepik.org/course/64454/promo

Sport dasturlashni tezda boshlash.  2-qism: https://stepik.org/course/93079/promo

Sunʼiy idrokni tezkor boshlash: https://stepik.org/course/80782/promo

RuCode festivali qayerda oʻtkaziladi?

Festival masofadan turib ham, anʼanaviy formatda ham Rossiya Federatsiyasining turli hududlarida va Oʻzbekistondagi IT Parkʼda oʻtkaziladi, bu yerda mahalliy ishtirokchilar oʻz ishlarini taqdim etishlari va shu orqali keyingi darajaga koʻtarilishlari uchun dasturlash koʻnikmalarini oshirishlari mumkin boʻladi.

Ishtirok etish uchun nima qilish kerak?

Festivalda ishtirok etish bepul va hamma uchun ochiq. Ishtirok etish uchun sizga kerak:

Havolani kuzatib borish – https://it-edu.com/member/meroprijatija/rucode-3-0/

Shaxsiy hisobingizdagi shaklni toʻldirish;

Start eʼlonini kuting.

Eslatib oʻtamiz, oxirgi “RuCode” festivalida Oʻzbekistondan ishtirok etish uchun 212 ta ariza toʻplangan va Abdimanabov Ulugʻbek, Gʻaniev Asadullo va Oʻrinboev Doniyorbeklar gʼolib bo'lgan. Festivalda qatnashish ularga oʻz bilimlarini kengaytirish, dasturlash koʻnikmalarini yaxshilash, shuningdek, axborot texnologiyalari sohasida karyerasini boshlash imkonini berdi.

Ushbu tadbir yoshlar oʻrtasida IT salohiyatini ochish va muvaffaqiyatli dasturchi boʻlish yoʻlida ularning harakatlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida oʻtkaziladi. Festival davomida ishtirokchilarga Vladivostok, Yekaterinburg, Petrozavodsk, Ijevsk, Irkutsk, Innopolis, Kursk, Krasnoyarsk, Novosibirsk, Perm, Saratov, Chita, shuningdek Tomsk, Kaliningrad, Nijniy Novgorod va boshqa universitetlarning yetakchi mutaxassislari rahbarlik qiladi.

2021-09-15