Samarqand viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiya Astrum IT akademiyasi faoliyati bilan tanishdi

AKT Vazirligining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i D. Xodjamberdiyev, viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh. Sobirov va Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov boshchiligidagi boshqa mutasaddilardan iborat delegatsiya IT Park rezidenti Astrum IT-Akademiyasiga tashrif buyurdi.

Tashrifning maqsadi – ta’lim muassasasi faoliyati bilan tanishish, istiqboldagi rejalarni muhokama qilish.

Akademiya rahbariyati mehmonlarga OTM va uning yutuqlari haqida gapirib berdi. Bundan tashqari, tomonlar hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Shu tariqa, uchrashuv ishtirokchilari Astrum ko‘magida Samarqand viloyatida IT akademiyasi tashkil etish loyihasini ishlab chiqishlari rejalashtirilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 29-iyul kuni Prezidentning IT-sektor vakillari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. So‘ngra davlatimiz rahbari Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanidagi Austrum IT Akademiyasiga tashrif buyurib, videoselektor orqali hududlardagi IT-sohasi vakillari bilan suhbatlashdi.

Videoselektor yig‘ilishi davomida davlat rahbari mamlakatimizda IT-sanoatni rivojlantirish bo‘yicha takliflar bildirdi. Ularning asosida Shavkat Mirziyoyev bir qator topshiriqlar berdi, jumladan, Internet qamrovi va sifatini oshirish, IT sohasida iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlashni yanada kengaytirish, hududlarda IT Markazlar tashkil etish va boshqalar.

Shu bilan birga, viloyat hokimlariga Astrum IT-Akademiyasiga tashrif buyurib, ta’lim muassasasidagi barcha sharoit va imkoniyatlarni ko‘rish, har bir viloyatda kamida bittadan akademiya tashkil etish tavsiya etildi.

2022-08-09