27-oktabr kuni Samarqand shahrida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT Park, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda BMT Taraqqiyot dasturi ko‘magida BPO markazi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda AKT vaziri Sherzod Shermatov, Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov, IT Park Uzbekistan direktori Farhod Ibragimov va boshqalar ishtirok etdi.
Yangi BPO markazi xorijiy logistika kompaniyalariga yordam beradi. Dastlabki bosqichda korxonada 40 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Kelajakda xodimlar soni koʻpayadi. Eslatib o'tamiz, IT Park BPO kompaniyalariga ofisni roʻyxatdan oʻtkazish, qidirish va jihozlash va ishga yollashda yordam beradi, shuningdek, birinchi olti oy uchun imtiyozli ijarani taqdim etadi va zarur holatda davlat organlari bilan aloqa qilishda yordam beradi.
Ushbu qadamlar tufayli IT xizmatlari eksporti yil sayin ortib bormoqda. Taqqoslash uchun: 2021-yil oxirida BPO kompaniyalari soni 45 tani, 2022-yilda 125 tani tashkil etdi. 2022-yil 3-chorak yakuniga koʻra IT-eksport hajmi 82 million dollarni tashkil etdi, shundan 38 million dollari xizmatlar BPO kompaniyalari eksportiga toʻgʻri keldi.
2022-10-27