Samarqandda yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 20-fevral kuni Samarqandda yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi. Ushbu festival doirasida viloyatdagi turli soha rahbarlari, shu jumladan axborot texnologiyalari sohasi rahbarlari hisobotlari bilan ishtirok etishdi.

Festival davomida axborot texnologiyalari sohasidagi muammolar hamda ushbu sohani rivojlantirish bo‘yicha yoshlar tomonidan berilgan takliflar yoritildi. Mahalla rahbarlari yoshlarga mahalliy yoshlarning muammolari va ularni yechish bo‘yicha amalga oshirilgan shora-tadbirlar haqida hisobot berdi.

Festivalda viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy- ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Ochilov Xurshid, Samarqand viloyati prokuraturasi boshlig‘i Masharipov Ravshan va boshqalar ishtirok etishdi.

Shuningdek, festival davomida Samarqanddagi IT Park filiali vakillari filialda amalga oshirilgan bir qator startap loyihalarni namoyish etishdi.

Qolaversa, sektor rahbarlari Samarqandda joylashgan IT Park filialiga tashrif buyurib, tashkilot faoliyati bilan tanishib chiqdilar.

2021-02-25