Shayxontohur tumani Xalq ta’limi bo‘limi umumta’lim maktablarining informatika fani o‘qituvchilari uchun IT Park’da ekskursiya tashkillashtirildi.

2021-yil 11-yanvar kuni Shayxontohur tumani xalq ta’limi bo‘limi umumta’lim maktablarining 55 nafar informatika fani o‘qituvchilari uchun IT Park boylab ekskursiya uyushtirildi.

Ushbu ekskursiya “One Million Uzbek coders” loyihasi doirasida o‘qituvchilarni loyiha faoliyati bilan tanishtirish, shuningdek, loyihani amalga oshirish hamda maktab o‘quvchilari orasida axborot texnologiyalarini o‘rganishni takomillashtirishning ahamiyati  to‘g‘risida ma’lumot berish maqsadida bo‘lib o‘tdi.

Ekskursiya davomida IT Park vakillari o‘qituvchilarga IT Park’ning umumiy faoliyati hamda “One Million uzbek Coders” ta’lim loyihasi haqida ma’lumot berishdi.

Qolaversa, o‘qituvchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarni berish va ularga to‘liq javob olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.


 

 

2021-01-12