Sirdaryo viloyatida IT Park filiali, IT-Maktablar va IT-Markazlarning ochilishi

Hozirgi kunda Sirdaryo viloyatida ham axborot texnologiyalarini o‘qitilishini sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish va mehnat bozorini malakali IT mutaxassislari bilan ta’minlash bo‘yicha jiddiy ishlar olib borilmoqda. Buning isboti ushbu hududda amalga oshirilgan bir qator chora-tadbirlardir.

Respublika bo‘ylab birinchilar qatorida, viloyatdagi 190 ta maktabgacha ta’lim muassasasi va 315 ta umumta’lim maktabi optik tolali aloqa bilan ta’minlandi va yuqori tezlikdagi Internetga ulandi.

Guliston shahrida IT Park’ning yangi filiali ochildi, u yerda mahalliy yoshlar, tadbirkorlar, yangi kasbni egallashni istagan fuqarolar uchun keng imkoniyatlar yaratilgan.  IT Park’ning Guluston shahridagi filialida 15 dan ortiq korxona faoliyat yuritadi, bu esa 100 dan ortiq ish o‘rinni yaratish imkoniyatini beradi.

E’tibоrlisi, aholining IT sohasidagi malakasini oshirish maqsadida Sirdaryo viloyatining barcha shahar va tumanlarida 11 ta IT Markazlari ochildi, u yerda 24 nafar malakali o‘qituvchi ishlaydi. Mazkur markazlada kompyuter savodxonligini oshirish, dasturlash, robototexnika, veb va mobil dasturlash bo‘yicha kurslarni o‘tash uchun jami 2 777 talaba jalb qilindi: 2019-2020 yillarda 1 319, 2021 yilda esa - 1 458. Shulardan 1 770 kishi kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan.

Shu bilan birga, Sirdaryo viloyatining barcha shahar va tumanlarida yuzdan ortiq tadbirlar o‘tkazilib, ularga 5 mingdan ortiq yoshlar jalb qilingan. Yoshlar axborot texnologiyalari sohasida yaratilgan shart-sharoitlar va kelajakda ochiladigan imkoniyatlar bilan tanishtirildilar.

O‘zgarishlar maktab o‘quvchilariga ham ta’sir ko‘rsatdi. Guliston shahrida joylashgan 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internat bazasida informatika va axborot texnologiyalarini chuqur o‘rganadigan ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etildi. Ushbu maktabda 2020-2021 o‘quv yilida o‘qish uchun 33, 2021-2022 o‘quv yilida 61 o‘quvchi yettinchi sinfga qabul qilindi. Bugungi kunda u yerda 94 nafar talaba o‘qiydi.

Bugun, 8-oktyabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Sirdaryo viloyatining Guliston tumanidagi 27-maktab bazasida ochilgan ixtisoslashtirilgan IT maktabini foydalanishga topshirdi. Maktab axborot texnologiyalari sohasidagi bilimlarni qulay o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan barcha narsalar bilan jihozlangan, shu jumladan zamonaviy kompyuter texnologiyalari bilan ham.

2021-yilda 5 ta ixtisoslashtirilgan IT maktabini, 2022-yilda 3 ta va Sirdaryo viloyatida 2 ta ixtisoslashtirilgan IT maktabini tashkil etish rejalashtirilgan.

2021-10-09