Smart Chatbot: O‘zbek tilini raqamlashtirish uchun yaratilgan startap

21-oktabr kuni O‘zbekistonda o‘zbek tili Kuni nishonlanmoqda. Bayram sanasi tasodifan tanlanmagan: 1989-yilning aynan shu kuni “Davlat tili toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilingan.  Tilni saqlash muhimligi haqida cheksiz gapirish mumkin, chunki tilsiz xalq boʻlmaydi.

Bugun esa Startap Story rukni doirasida Ro‘zmat Safarovni “Smart Chatbot” loyihasi bilan tanishish uchun taklif qildik.

Ro‘zmat Safarov 27 yoshda.  U Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika institutida sun’iy intellekt bo‘yicha tadqiqotchi va Isystem IT Akademiyasida Machine Learning/Deep Learning bo‘yicha mentor boʻlib ishlaydi.

Startap yaratish g‘oyasi qanday paydo bo‘ldi?

Ro‘zmatning eslashicha, bunday tashabbusni yaratishga uni o‘zbek tilini raqamlashtirishga hissa qo‘shish istagi ilhomlantirgan:

“O‘zbek tilini raqamlashtirish uchun foydali ish qilishni ko‘p vaqtdan beri orzu qilardim.  Buning uchun men tabiy tilni qayta ishlash sohasida tadqiqot qilishni boshladim va shuni tushunib yetdimki har qanday tajriba oʻtkazish uchun uzbek tili corpusi zarur boʻlar ekan. Komanda a’zolarimiz bilan birgalikda uzbek tilida ravon yozilgan internetdagi maqolalar va elektron kitoblardan foydalanib uzbek tili corpusini yaratdik. Bu corpus yordamida zamonaviy sun’iy intellekt modellarni oʻqitdik (train). Undan keyin bu modellarni industriyaga tadbiq qilish maqsadida bozorni tahlil qildik va birinchi oʻrinda aqlli chatbotlarga talab borligini koʻrdik”.

“Smart chatbot” loyihasi tijorat va davlat tashkilotlarida mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini tezlashtirish, navbat kutib qolishning oldini olish va 24/7 rejimida mijozlarga xizmat ko’rsatish  uchun sun’iy intellektga asoslangan aqlli chatbot tizimi hisoblanadi.

Hozir loyihada 5 kishi ishlamoqda:

•  Rifqat — CTO & Co-founder, Data scientist, model traning va model deploy qismiga javob beradi. Bundan tashqari, u loyiha doirasidagi barcha jarayonlarda ishtirok etadi va mahsulot hajmi bo‘yicha loyihani kengaytirish uchun javobgardir.

•  Samariddin —  Co-founder, Software engineer. U dasturchilar guruhiga eng qisqa vaqt ichida yuqori maqsadlarga erishish uchun rahbarlik qiladi, shuningdek, yangi texnologiyalarni o‘rganadi va ularni yaqin kelajakda amalga oshirishni rejalashtiradi;

Javohir Full stack web developer, platformaning frontend, backend va malumotlar bazasi uchun javobgar;

  Zilola Grafik & SMM dizayner barcha ommaviy axborot vositalarida visual kommunikatsiya uchun javobgar;

va Roʻzmatning oʻzi CEO & Co-founder AI researcher suniy intellekt sohasida modellarni oʻrganish, model traning va model deploy qismiga javob beradi. Shuningdek investorlar bilan munosabatlarni ornatish, investitsiya raundlarini oshirish va bitimlarni tuzish uchun masul;

Ushbu startap jamiyat/odamlarga qanday foyda keltiradi?

Roʻzmatning eslashicha, dastlabki bosqichda jamoa baʼzi qiyinchiliklarga duch keldi:

Maʼlumki, sunʼiy intellekt algoritmlari yordamida modellar yaratish uchun katta maʼlumotlar kerak. Ammo bizda bu sohada deyarli tayyor maʼlumotlar toʻplami yoʻq. Qolaversa, jamoamizning barcha azolari ilmiy mutaxassislar va marketing strategiyasini tuzish hamda biznes modelini ishlab chiqishda qiyinchiliklarga duch keldik.  Biroq, bularning barchasi bizni qoʻrqitmadi, aksincha, rivojlanishga undadi.

Jamoa qoʻlidan kelganicha harakat qildi: loyiha muvaffaqiyatli boʻldi va endi Smart Chatbot biznes egalariga katta foyda keltiradi:

Startapimiz oʻz mijozlariga qulay, sifatli, kechayu kunduz xizmat koʻrsatishda va mijozlar haqidagi malumotlar yigʻishda foyda keltirsa, davlat tashkilotlari uchun esa fuqorolarga oʻz vaqtida xizmat koʻrsatishda, fuqoralarning sarson sargardon boʻlishini oldini olishda foyda keltiradi. Masalan, foydalanuvchi ilova orqali ozbek tilida xabar yuboradi.  Bizning botimiz foydalanuvchi soʻrovining maqsadini aniqlaydi va xabarni kerakli boʻlimga yoki kompaniyaning kerakli mutaxassisiga yuboradi.  Shunday qilib, muammo tezroq hal boʻladi va odam biror joyga borish yoki qoʻngʻiroq qilish va operatorning qoʻngʻiroqqa javob berishini kutish vaqtini behuda sarflashi shart emas.

Startapning afzalliklari yuqori baholandi: jamoa Unicorns SCO, Yoshlar masalalari Agentligi, Ozbekiston yoshlar tadbirkorligini qollab-quvvatlash markazi, Yoshlar bizning kelajagimiz jamgarmasi va Shanxay hamkorlik tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan Eng yaxshi startap tanlovining final bosqichida 10 000 dollar yutib oldi.

Loyihangizni qanday rivojlantirishni rejalashtiryapsiz?

Hozirgi vaqtda loyiha oʻzini oʻzi moliyalashtirmoqda, ammo jamoa xalqaro darajaga chiqish uchun xorijiy investorlarni jalb qilmoqchi:

“Bizning yaqin kelajakda erishmoqchi boʻlgan katta maqsadlarimiz bor.  Masalan, 2022-yilning kuzida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchimiz, 2023-yilda O‘zbekiston bozorining 70 foizini egallashni rejalashtirmoqdamiz.  Biz bu bilan to‘xtab qolmoqchi emasmiz: 2024-yilda Markaziy Osiyo, ya’ni Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston bozorini zabt etishni rejalashtirganmiz”.

O‘zbekistonning startap sanoati jadal rivojlanmoqda, deydi Ro‘zmat, shuning uchun jamoa bozorga kirishda katta istiqbollarni ko‘rmoqda:

“Mamlakatimiz bu yoʻnalishda endigina rivojlana boshlaganini koʻrmoqdamiz va bu asosan IT Park va venchur fondlar faoliyati bilan bogʻliq.  Ijobiy oʻzgarishlar bizni juda xursand qiladi.  O‘zbekiston startap ekotizimiga qo‘shgan hissasi va hukumat tomonidan yaratilayotgan yangi imkoniyatlar muvaffaqiyatga hech qanday shubha qoldirmaydi.  Hali ham shubhalanayotganlar uchun men sizga harakat qilishni va qiyinchiliklardan qoʻrqmaslikni maslahat beraman, shunda hammasi yaxshi boʻladi.

2022-10-21