15-avgust kuni “Investitsiyalarni jalb qilish uchun taqdimot ishlab chiqish” mavzusida onlayn ma’ruza bo‘lib o‘tadi.
Maʼruzani startap trekeri Andrey Asachuk olib boradi. U tinglovchilarga taqdimotning asosiy tuzilishi, unda mahsulot haqida qanday ma’lumotlarni kiritish kerakligi va har qanday mahsulotning mohiyatini 14 ta slaydga qanday joylashtirish kerakligi haqida gapirib beradi. Bundan tashqari, spiker pitchdagi startaplarning asosiy xatolarini tushuntiradi.
Uchrashuv rus tilida boʻlib oʻtadi.
Sessiya vaqti: 16:00 (O‘zbekiston vaqti bilan).
Tadbirga ishbu havola orqali roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin:
https://forms.gle/jwBgGiQzEWtm1x1k6
Spiker haqida maʼlumot:
Andrey Asachuk – tajribali startap murabbiyi. U taʼsischilarga mahsulotlarni bozorga chiqarishda va oʻsishni tezlashtirishda, korporatsiyalar bilan aloqalarni oʻrnatishda, hamda, biznes farishtalari va dastlabki bosqich fondlaridan investitsiyalarni jalb qilishda yordam beradi.
Bundan tashqari, Andreyda startaplar uchun “Trekshnni koʻrsat” deb nomlangan oʻz Telegram kanali mavjud.
2022-08-03