STARTAPLAR UCHUN ONLAYN TANLOV: SEEDSTARS WORLD 2020/21

Rivojlanib borayotgan bozorlardagi startaplarning yirik tanloviga arizalar qabul qilish boshlandi.

Seedstars – Shveysariya kompaniyasi boʻlib, oʻz oldiga rivojlanayotgan mamlakatlarda texnologiyalar va tadbirkorlik yordamida insonlarning turmush darajasini yaxshilash vazifasini qoʻygan.

Seedstars faoliyati 90 dan ziyod rivojlanayotgan ekotizimlarni, jumladan, Online Seedstars World Competition, akseleratsiya dasturlari, Seedspace xablari, venchur investitsiyalari va kompaniyalarni yaratish faoliyati singari turli tadbirlarni qamrab oladi.

SEEDSTARS WORLD COMPETITION HAQIDA

2013 yilda Seedstars kompaniyasi Seedstars World tashabbusi sifatida ishga tushirildi: hamasoschilar Per-Alan Masson va Alize de Tonnak rivojlanayotgan bozorlarda eng iqtidorli startaplarni topish va yirik tadbirkorlar hamjamiyatni qurish maqsadida ryukzaklari va dunyoni oʻzgartirishga boʻlgan katta ishtiyoqlari bilan 20 mamlakat boʻylab tur safariga otlanishdi.

13 ta mamlakat boʻyicha oʻtkazilgan musobaqalarning birinchi bosqichi muvaffaqiyatli oʻtdi va global auditoriya eʼtiborini tortdi. U rivojlanayotgan mamlakatlarning foydalanilmayotgan salohiyatini, innovatsion yechimlarni va oʻz ekotizimlarini oʻzgartirishga tayyor boʻlgan iqtidorli tadbirkorlarni dunyoga koʻrsatib berdi. Bu kelgusi olti yil ichida minglab tadbirkorlar, mentorlar, investorlar va ekspertlar ishtirok etgan katta turlarga poydevor boʻldi. Hozirda Seedstars World – rivojlanib borayotgan bozorlardagi startaplarning dunyodagi eng yirik tanlovidir.

2020-yil ushbu hikoyaga yangi burilish yasadi. Seedstars World turi endi onlayn oʻtkaziladi: Seedstars 9 oylik dasturi bilan 100 dan ziyod mahalliy onlayn tadbirlar tashkil qilgan holda 90 dan ortiq mamlakatlardagi boshlangʻich bosqichda boʻlgan startaplarni izlab topish maqsadida butun dunyo boʻylab virtual sayohat qiladi.

Har bir mamlakat gʻolibi investorlar, mentorlar va korporatsiyalar bilan bogʻlaydigan beshta mintaqaviy onlayn musobaqalardan biriga borish imkoniyatiga ega boʻladi. Mintaqaviy gʻoliblar, shuningdek, aprel oyida boʻlib oʻtadigan “Grand Final”da oʻz mamlakatlari nomidan ishtirok etish va $500,000 investitsiya uchun kurashish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Seedstars virtual sammiti muvaffaqiyatidan soʻng, kompaniya COVID-19 inqirozi paytida ishtirokchilar va hamkorlar xavfsizligini taʼminlash maqsadida barcha tadbirlarni onlayn amalga oshirishga qaror qildi.

Yangi format rivojlanayotgan bozorlarda tadbirkorlarga yanada koʻproq foyda keltiradi, chunki endi tanlovda har qanday shahar va mamlakatdan startaplar ishtirok etishi mumkin.

“Startaplar uchun Seedstars World Competition tanloviga ariza topshirishga start berganimizdan soʻng, aniq va konstruktiv qadamlarni qabul qiladigan jamoalarni qoʻllab-quvvatlayotganimiz tufayli bizni yanada koʻproq faxrlanish tuygʻusi qamram olmoqda. Mustaqil, shu bilan birga jamoa bilan doimo hamjihatlikda qolgan holda, biz butun jamiyatga ijobiy taʼsir koʻrsatish maqsadida jismoniy chegaralarni kengaytirishga intilamiz, deydi Seedstars hamasoschisi Per-Alan Masson.

Har yili Seedstars investitsiya va taʼlim dasturlari orqali rivojlanishini tezlashtirish maqsadida rivojlanayotgan bozorlardagi eng istiqbolli startaplarni izlaydi. Joriy yilda tanlov saralashida rivojlanayotgan mamlakatlarning 94 shahridan boʻlgan startaplar ishtirok etishi mumkin.

Arizalar 31-iyulga qadar qabul qilinadi.

Kamida 1800 ta startap Online Seedstars Academyʼda ishtirok etadi, har bir shahar gʻolibi tanlovning mintaqaviy bosqichiga oʻtadi. 2021-yil aprel oyida har bir mintaqadan tanlab olingan startaplar global finalda jang qiladi.

Online Seedstars World Competition 2020/21 Oʻzbekistonga onlayn formatda qaytadi va Oʻzbekistonning barcha manfaatdor startaplariga roʻyxatdan oʻtishni va tanlovga qoʻshilishni taklif etadi.

Anʼanaviy tadbirlarni raqamlashtirish tendensiyalaridan soʻng, Seedstars World turi  Seedstars Lifeʼda mavjud boʻlgan virtual tanlovga aylandi: http://seedstarslife.com/ (kompaniyaning mintaqaviy va global tadbirlarini efirga uzatish uchun maxsus platforma). Yangi format startaplar, investorlar va hamkorlar uchun barcha bonuslarni saqlab qolgan holda yanada katta auditoriyaga tadbirga qoʻshilish imkoniyatini beradi.

Seedstarsʼni koʻpincha investitsiya kompaniyasi, akselerator, tadbirkorlar va startaplar uchun tanlov, deb atashadi. Biroq Seedstars bu chegaralardan tashqariga chiqadi. “Biz 150 000 ishtirokchi bilan birgalikda global hamjamiyatga aylandik. Bu jamoa odamlar hamda ularning umumiy maqsadlari orqali belgilanadi va faqat birgalikdagina biz belgilangan maqsadlarga erishishimiz hamda farovon kelajak qurishimiz mumkin”, deydi Seedstars hamasoschisi Alize de Tonnak. “Bu gʻoyani #WeareSeedstars kampaniyasi orqali efirga uzatamiz. Bizning maqsadimiz – dunyodagi eng innovatsion startaplarni aniqlash, taʼlim va investitsiyalar bilan taʼminlagan holda ularni kengaytirish. Biz resurslarga ega boʻlmagan, rivojlanayotgan mamlakatlarda tadbirkorlarning rivojlanishiga hissa qoʻshadigan va mahalliy startap ekotizimlari uchun katalizator boʻlganlarga global imkoniyatlarga kirish imkoniyatini ochmoqchimizʻ, deya qoʻshimcha qiladi u.

2013-yildan buyon Seedstars jamoasi masofadan turib ishlaydi va onlayn taʼlim dasturlarini amalga oshiradi. Asos solinganidan boshlab, kompaniya chegaralarni kesib oʻtadi va innovatsiya, texnologiya va tadbirkorlik orqali ekotizimni oʻzgartiradi. Seedstars World tanlovini onlaynga oʻtkazish – kompaniyaning oʻz qadriyatlari va falsafasi bilan toʻliq bogʻliq boʻlgan tabiiy izidan davom etishidir. Tez oʻzgaruvchan dunyoda toʻxtovsiz evrilgan holda Seedstars boshqa tashkilotlarga inqirozni bartaraf etish va ularning biznes modellarini moslashishga yordam berishga intiladi. Ushbu tushunarsiz vaqtlarda Seedstars jamoasi oʻz hamkorlari va jamoalari bilan bilimlarni oʻrganish va almashishni davom ettirmoqda.

Ishtirokchilarda Growth dasturi orqali 50 ming dollar sarmoya olish imkoniyatiga ega boʻluvchi 10 ta startap orasiga kirish uchun imkoniyat boʻladi, shuningdek, 500 ming dollarlik investitsiya va Seedstars World gʻolibi unvoni uchun kurashish imkoniyatiga ega boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, Seedstars quyidagi mezonlarga javob beradigan texnologik startaplarni izlamoqda:

- MVP ga ega (minimal hayotiy mahsulot);

- foydalanuvchilarning boshlangʻich bazasi;

- mamlakat/shaharda davom etayotgan operatsiyalardagi ishtirok;

- 1 million dollardan ortiq investitsiyaga ega boʻlmagan (ariza topshirilgan sanaga qadar).

Tanlov uchun arizani Online Seedstars World Competition 2020/21 sayti orqali yuborishingiz mumkin: https://seedsta.rs/2OL252M

 

 

2020-07-21