Startap Story rukni doirasida IT Park “Tahrirchi” lohiyasi bilan tanishinish maqsadida loyiha asoschisi Muhammadsaid Mamasaidovni taklif qildi.
22 yoshli Muhammadsaid Inha universitetining 4-kurs talabasi. Mehmonning eslashicha, unga duch kelgan muammo uni startapni ishga tushirishga undadi.
“Universitetda biz ma’lumotlar tuzilmalari darsini oʻtgan edik va kurs oxirida loyiha yaratishimiz kerak edi. Ish jarayonida o‘zbek tilining imlosini tekshirishda qiyinchiliklarga duch keldim. Keyin biz bitta mavzu uchun bu vazifa qanchalik katta hamda qiyin ekanligini angladik va biz faqat imlo tekshirgichning kichik versiyasini yaratishga muvaffaq boʻldik. Kursdan soʻng men toʻliq imlo tekshirgichni yaratish uchun ushbu mavzuni chuqurroq oʻrganishga qaror qildim”.
Tahrirchi startapi – bu o‘zbek tilida to‘g‘ri yozish uchun mahsulot va xizmatlar ekotizimi.
“Dastlab biz oʻz sayohatimizni til modeli koʻrinishida MVP yaratishdan boshladik, soʻngra mobil klaviatura kabi turli xil mijoz ilovalarini yaratishga oʻtdik va endi esa veb-sayt va brauzer kengaytmalari sifatida. Biz oʻzbek tilida toʻgʻri yozishni zamonaviy hamda qulay holga keltirmoqchimiz va shu orqali internetdagi imloviy xatolar sonini kamaytirmoqchimiz”.
Intervyu qahramoni aytganidek, dastlab jamoaga startap ustida ishlash oson boʻlmagan.
“O‘zbek tili haqidagi loyihada o‘zbek tilini yaxshi bilmasdan turib amalga oshirib bo‘lmaydi. Jamoamizda tilshunoslar bo‘lmagani uchun o‘zim ham o‘zbek tili grammatikasini, asosan, morfologiya va sintaksisni o‘rganishga majbur bo‘ldim. Startap tufayli biz o‘zbek tilining ajoyib olamini kashf qildik va uning 200 dan ortiq affikslarni o‘z ichiga olgan kompyuter modelini yaratdik”.
Hozir jamoamiz 8 kishidan iborat. Loyihaning har bir ishtirokchisi startapni takomillashtirish va rivojlantirish ustida ishlamoqda.
“Startapimiz davlat tili maqomini oshirish bilan bevosita bog‘liq. O‘ylaymizki, bu maktab o‘quvchilari, talabalar va o‘zbek tilidan kundalik foydalanadigan barcha insonlarga yordam beradi. Biz haqiqatan ham o‘zbek tilini bilish madaniyatini oshirishni xohlaymiz, chunki har bir inson o‘z ona tilini yaxshi bilishi muhim”.
Muhammadsaidning qayd etishicha, ko‘plab startaplar MVP bosqichida, eng muhim bosqichda yakunlanadi: g‘oyalar juda ko‘p, ammo yakuniy soʻz gʻoyani amalga oshirishda qoladi.
“Birinchidan, biz O‘zbekistonda joylashmoqchimiz, maktab o‘quvchilari va talabalari bilan aloqa o‘rnatmoqchimiz. Keyin esa – har kuni hujjatlar bilan ishlaydiganlar. Rivojlanar ekanmiz, ilovani integratsiyalashning yangi usullarini topamiz va asta-sekin o‘zbek tilidagi xatolardan xalos bo‘lamiz”.
Shundan so‘ng jamoa boshqa turkiy tillarga o‘tishni rejalashtirmoqda, deydi qahramon. O‘zbekistondan keyin ular Qozog‘iston va qozoq tiliga, shundan keyingina qolganlarga eʼtibor qaratishmoqchilar. Zero, yaratilgan barcha modellar grammatikadagi kuchli o‘xshashliklari tufayli barcha turkiy tillarga mos keladi, deydi Muhammadsaid.
Muhammadsaid yosh startaperlar uchun bozorni har tomonlama o‘rganishini va loyihaning barcha tafsilotlarigacha o‘ylab ko‘rishlarini istaydi: g‘oyadan tortib investitsiyalarni olish bosqichigacha.
“Har qanday loyihada eng muhimi bu ahil jamoa. Agar sizning atrofingizda siz bilan bir maqsad sari birgalikda harakat qiladigan hamfikrlar boʻlsa, muvaffaqiyatga erishasiz. Shuningdek, men sizga startap muvaffaqiyatiga boʻlgan umidlaringizni oshirib yubormaslikni maslahat beraman. Siz startapga hushyor koʻrinish bilan qarashingiz kerak. Shunday qilib, siz potentsial investor bilan bir xil fikrda ekanligingizga amin boʻlasiz va shuning uchun mahsulotingizning haqiqiy qiymatini bilib olasiz”.
Eslatib o‘tamiz, “Tahrirchi” startapi mGovAward tanlovining 2-to‘lqinida g‘olib bo‘ldi va 50 000 AQSh dollari miqdoridagi mukofotni qo‘lga kiritdi.
2022-11-30