Tadbirkorlar uchun biznesni raqamlashtirish boʻyicha tadbir oʻtkazildi

Ozbekiston banklari Assotsiatsiyasida raqamli tadbirkorlikni rivojlantirishga bagishlangan hamda mikro-, kichik va orta korxonalarning barcha vakillari hamda tadbirkorlikka qiziquvchilar uchun moljallangan Digital Revolution deb nomlangan tadbir bolib otdi.

Digital Revolution tashabbusi IT Park komagida Youth Digital Skills dasturi doirasida AKT vazirligi, Ozbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda BMTTD bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Tadbirda IT Park raqamli talim boyicha direktor orinbosari Abdulahad Kuchkarov va Tadbirkorlikni rivojlantirish Agentligi direktorining birinchi orinbosari Muxtar Shonazarov ishtirok etdilar. Ular sessiyani tabrik sozlari bilan ochdilar va tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga axborot texnologiyalarini joriy etish muhimligi haqida gapirdilar.

Uchrashuvda takidlanganidek, bugungi kunda biznes vakillarining asosiy etibori raqamlashtirish usullarini joriy etishga, jumladan, yosh va boshlangʻich tadbirkorlarga oz bizneslarini ushbu yoʻnalishda rivojlantirish uchun togri va samarali strategiyasini topishda amaliy yordam berishga qaratilmoqda.

Uchrashuvning asosiy qismida IT Park rezidentlari elektron tijorat va marketpleylar haqida taqdimotlar oʻtkazdilar.

Bunday kabi tadbirlar va treninglar butun respublika boylab otkaziladi. Uchrashuvlarda respublika hududlaridan 1000 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari ishtirok etishi kutilmoqda, ular oz malakalarini oshirib, qiziqtirgan savollariga javob va maslahat xizmatlarini oladilar.

“Digital Revolution” tashabbusi IT Park ko‘magida “Youth Digital Skills” dasturi doirasida AKT vazirligi, BMTTD va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

2022-11-07