Apple qanday yangi mahsulotni taqdim etdi, Google’ning podkastlar xizmati va YouTube Premium Lite obunasi bilan nima yuz beradi, SI tomonidan yaratilgan kontentni Spotifyʼga joylashtirish mumkinmi — bu haqda texnologiyalar olamidagi soʻngi yangiliklar tanlovimizda oʻqing.
Apple Mac qurilmalari uchun macOS Sonomaʼning soʻnggi versiyasini chiqardi.
Operatsion tizimda bir qator yangi funksiyalar paydo boʻldi:
Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, AQShdagi haftalik podkast tinglovchilarining taxminan 23 foizi YouTubeʼni afzal koʻrishadi, chunki ular ushbu platformani Google Podcasts ilovasiga qaraganda qulayroq deb bilishadi. Shu munosabat bilan kompaniya Google Podcastsʼni yopishni rejalashtirmoqda.
Tez orada kontent yaratuvchilari oʻz relizlarini Google Podcastsʼdan YouTube Music platformasiga koʻchirish vositalaridan foydalanishlari mumkin boʻladi. Shuningdek, ular YouTubeʼga oʻz auditoriyasini yangi platformaga muammosiz oʻtkazishga yordam beruvchi RSS-kanallarini ham qoʻshishlari mumkin. Kompaniya ushbu migratsiyaning aniq boshlanish sanasini hali eʼlon qilmadi.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, Google YouTube Music loyihasiga tobora koʻproq sarmoya kiritib, uni Spotify, Apple Music va Amazon Musicʼga raqobatchi qilishga harakat qilmoqda.
YouTube kontentni reklamasiz koʻrish imkonini beruvchi Premium Lite obunasini qoʻllab-quvvatlashni toʻxtatmoqda. Mijozlarga Premium Lite xizmati 2023-yil 25-oktyabrdan boshlab ishlamasligi haqida bildirishnoma yuborildi.
Obunachilarga ikkita variant taklif etiladi: kontentni reklama bilan koʻrishga qaytish yoki YouTube Musicʼga kirishni oʻz ichiga olgan YouTube Premium obunasini sotib olish.
YouTube, shuningdek, Premium Lite foydalanuvchilariga premium obunaning bir oylik sinov versiyasini taklif qildi. Buning uchun foydalanuvchilar joriy obunani bekor qilishlari yoki uning tugashini kutishlari kerak.
Kompaniya Premium Liteʼning bekor qilinishi obunachilarning hafsalasini pir qilishi mumkinligini tan oldi va foydalanuvchilar, kontent mualliflari va hamkorlarning fikr-mulohazalarini inobatga olgan holda muqobil tariflar ustida ishlashni davom ettirishga vaʼda berdi.
Platforma asoschisi Daniel Ek SI texnologiyalaridan musiqa yaratishda foydalanish mumkinligini taʼkidladi. Uning qayd etishicha, mualliflar ovozni yaxshilash uchun turli xil vositalar, jumladan, avtomatik sozlashdan foydalanishlari mumkin. U ushbu yoʻnalishni maqbul deb atadi. Biroq, jonli ijrochilarga taqlid qiluvchi vositalar ham mavjud va kompaniya buni notoʻgʻri deb hisoblaydi.
Kompaniya sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan kontentni butunlay taqiqlashni rejalashtirmayapti, ammo keyinchalik musiqa yaratishi mumkin boʻlgan modellarni yaratishni taqiqlaydi.
Ayni paytda Spotifyʼda jonli ijrochilarga taqlid qiluvchi shunga oʻxshash kompozitsiyalarning platformada joylashtirilishini kuzatib boruvchi katta guruh faoliyat olib bormoqda.
2023-09-29