Til endi toʻsiq boʻlolmaydi — One Million Uzbek Coders oʻzbek tilida ham mavjud!

2020-yil fan, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb eʼlon qilindi. Shu munosabat bilan, bu yil IT sohasida kuchli kadrlar tayyorlash va ushbu sohani Oʻzbekiston Respublikasi aholisi orasida ommalashtirish imkonini beradigan koʻplab loyihalar faol tashkil etilmoqda.

Belgilangan vazifalarni bajarish va aholining keng qatlamlariga axborot texnologiyalari sohasida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT Park va IT Akademiyasi tomonidan Dubay Future Foundation bilan hamkorlikda talab yuqori boʻlgan koʻnikmalarni bepul oʻrganish imkoniyatini yaratish maqsadida Udacity kurslari asosida “Bir million dasturchi” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Oʻzbek tili ushbu loyihani chetlab oʻtmadi, platformaning hayotiy faoliyatiga yaxshi qoʻshildi va uning ajralmas qismiga aylandi. Umumiy saʼy-harakatlar tufayli, uzbekcoders.uz platformasi kurslari oʻzbek tilida ham mavjud.

Udacity platformasi haqida

UDACITY (AQSh) — IT mutaxassisligiga yoʻnaltirilgan yetakchi onlayn taʼlim platformasi. Oʻquv dasturlari va kontent kurslari Google, Facebook, Amazon, Autodesk va boshqalar kabi yetakchi IT-sanoat kompaniyalari bilan birgalikda ishlab chiqilgan. Barcha kurslar haqiqiy maʼlumotlar toʻplamlarida loyihalar bilan ishlashda amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan.

One Million Uzbek Coders loyihasi haqida

“One Million Uzbek Coders” loyihasining amalga oshirilishi aholining keng qatlamlariga AKT sohasida yangi kasblarni oʻzlashtirish, yoshlar, shu jumladan, imkoniyati cheklangan shaxslarni ishga joylashtirish imkonini beradi”,- dedi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov.

“One Million Uzbek Coders” tashabbusi mahalliy IT taʼlimini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan boʻlib, shu bilan Oʻzbekiston aholisiga nafaqat ingliz tilida, balki oʻzbek tilida ham IT mutaxassisliklari uchun qulay va sifatli oʻqitish imkonini beradi. Loyihaning maqsadi IT mutaxassislari avlodini rivojlantirish, ularni axborot texnologiyalari sohasida kelgusida professional ish olib borishi uchun zarur barcha vositalar bilan jihozlashdan iborat.

One Million Uzbek Coders (OMUC) loyihasi 4 ta yoʻnalishni oʻz ichiga oladi: Android (Google bilan hamkorlikda), Front-end development, Full-stack development va maʼlumotlarni tahlil qilish. Har bir trek asosiy 120 soatlik yoki 12 haftalik kursdan boshlanadi va oʻrganishni boshlash uchun maxsus bilim talab qilmaydi. Bilishingiz kerak boʻlgani — oʻzbek yoki ingliz tili.

Bundan tashqari, “One million Uzbek Coders” milliy loyihasi doirasida faol ishtirokchilar oʻrtasida tanlov tashkil etildi. Tanlov joriy yilning yozida boʻlib oʻtdi va IT Park va IT Akademiyasi koʻmagida Dubay Future Foundation tomonidan tashkil etildi. Tanlovda Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududlaridan 12 mingdan ziyod kishi ishtirok etdi. Virtual jamoa https://community.uzbekcoders.uz 3 000 dan ortiq mualliflik maqolalarini oʻzbek tilida nashr etadi. Tanlovda 18 yoshgacha boʻlgan maktab yoshidagi 2 ta guruh hamda umumiy toifali jamoalar ishtirok etdi.

Tanlov shartlari loyihadagi muvaffaqiyat tarixi yoki IT va yangi texnologiyalar mavzusiga doir maqolalar tarjimasi bilan bogʻliq oʻzbek tilida mualliflik maqolalarini yaratish edi. Tanlov yakunida eng yaxshi uch nafar ishtirokchi 1 500 AQSh dollari miqdoridagi sovrinlarni qoʻlga kiritdi. Maktab oʻquvchilarining eng yaxshi uchta ishtirokchisi 500 AQSh dollarini oldi.

Ayni paytda uzbekcoders.uz portalida 69 003 dan ortiq talabalar roʻyxatga olingan, shundan 5 810 tasi ikkinchi bosqichdan oʻtdi va kurslarni muvaffaqiyatli yakunlaganlik toʻgʻrisida sertifikat bilan taqdirlandi. Bu raqamlar har kuni oʻsib bormoqda va shuni taʼkidlash lozimki, oʻzbek tilisiz dasturlashni oʻrgatuvchi platformaga odamlarni jalb qilish qiyin boʻlar edi. Shunday qilib, oʻzbek tili nafaqat butun oʻzbek IT hamjamiyati, balki butun Oʻzbekiston jamiyati uchun ham til sifatida ajralmas qiymatga ega boʻldi, degan xulosaga kelish mumkin.

One Million Uzbek Coders: http://uzbekcoders.uz 

2020-10-14