Toshkent shahrida G. V. Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot universiteti filiali qoshidagi IT Park ko'makchiligida inkubatsiya markazi ochildi !

2020-yil 28-oktyabr kuni G.V. Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot universiteti filialida IT Park ko'makchiligida inkubatsiya markazining rasmiy ochilishi boʻlib oʻtdi.










Ochilish marosimida IT Park direktori Farhod Ibragimov, universitet rektori, Qalandar Abdurahmonov, universitet rahbariyatining boshqa vakillari va talabalar ishtirok etdi.

Birinchi boʻlib universitet rektori Qalandar Abdurahmonov universitet qoshidagi inkubatsiya markazi ochilishi bilan barchani tabriklab, talabalarga kelgusidagi yutuqlarida omad tiladi.

Tadbir davomida IT Park direktori Farhod Ibragimov IT Park ham davlat tomonidan yaratilgan startap ekanligini soʻzlab berdi. Shuningdek, u oliy oʻquv yurtlarida inkubatsiya markazlarini tashkil etish muhimligini taʼkidladi, zero koʻplab IT kompaniyalari ham avval boshida taʼsischilarining talabalik yillarida startaplar shaklida yaratilgan, shu sababdan ham bizning talabalarimiz kelgusida eng yirik IT kompaniyalarning direktorlari boʻlib yetishishiga umid bildirdi.

Bundan tashqari, Farhod Ibragimov muvaffaqiyatli startapni yaratishda sabr-toqat, shuningdek, loyihani amalga oshirish va global darajaga yetkazish uchun bilim hamda koʻnikmalarga ega boʻlish kerakligini taʼkidladi.

Maxsus taklif etilgan maʼruzachi Express24 asoschisi Akmal Salihov boʻlib, u texnologik tadbirkorlik boʻyicha oʻz tajribalarini oʻrtoqlashdi.

Akmal Salihov mamlakatdagi ekotizimni ishga tushirish borasidagi fikrlarini Estoniya kabi rivojlangan mamlakatlarda bayon qilgan. U, ayniqsa, startapni rivojlantirish uchun jamoani toʻgʻri tashkil eta bilish muhimligini alohida taʼkidladi.

Shuningdek, inkubatsiya markazining ochilishida G.V. Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali talabasi, IT Park brend ambassadori, Shahzod Narzullaev oʻz maʼruzasi bilan ishtirok etib, mazkur inkubatsiya markazida oʻqitish istiqbollari va kelgusidagi rejalari haqida soʻzlab berdi.

Taʼkidlash joizki, oliy oʻquv yurtlari qoshidagi inkubatsiya markazlari iqtidorli yoshlar oʻrtasida yaratilayotgan innovatsion loyihalar sifati va sonini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Inkubatsiya markazlari oʻz navbatida talabalar uchun original ilmiy-texnik gʻoyalarni amalga oshiruvchi kichik innovatsion loyihalarning samarali faoliyat koʻrsatishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi.




Inkubatsiya markazlarining uzoq muddatli maqsadlari va vazifalari quyidagilardir:

- mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish;

- Oʻzbekistonda yuqori innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish;

- innovatsion yoʻnalishdagi kichik biznesni rivojlantirish, talabalar uchun loyiha faoliyatini olib borish uchun qulay shart-sharoitlarni taʼminlash;

- talabalar va tajribali mutaxassislar oʻrtasidagi aloqalarni yoʻlga qoʻyish;

- yangi ish oʻrinlari yaratish.

Inkubatsiya markazlari talabalarning innovatsion ishlanmalarini “gʻoyalar”dan uni ishlab chiqarish boshlanishiga va birinchi muvaffaqiyatli sotuvga chiqarishga moʻljallangan.

G. V. Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot universiteti filialida inkubatsiya markazi dasturining birinchi oqimi 6 modulni oʻz ichiga oladi:

1. Maqsadlarni belgilash

2. Loyiha imkoniyatlarini aniqlash

3. Muammoni aniqlash va tasdiqlash

4. Biznes modellashtirish

5. Mahsulotni yaratish va joyni qidirish

6. Mahsulotni oʻlchash va foydalanuvchilarni jalb qilish.

Yuqoridagi barcha ishlar talabalar nafaqat nazariy, balki oʻz loyihalarini yaratish va targʻib qilish boʻyicha amaliy bilimlarni olishlari uchun amalga oshiriladi.

Ochilish marosimi universitetning oʻzida oflayn tartibda oʻtkazildi.

2020-10-28