Toshkent va Jizzax IT Parkʼida robototexnika bo‘yicha Koreya ta’lim dasturi ochildi

IT Parkʼning Toshkent va Jizzax filiallarida Koreyaga Entry dasturi bo‘yicha 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun robototexnika kurslariga qabul ochildi.

Entry dasturi – Janubiy Koreyada oʻzini isbotlab yaxshi yoʻlga qoʻyilgan va maktab oʻquv dasturining qismiga kiritilgan.

Kurs dasturi Koreyaning Neo Soco platformasiga asoslangan boʻlib, u algoritmlarni, dasturlash asoslarini, mexanika, sensorlar, boshqaruv turlarini, hamda, loyihaga yoʻnaltirilgan muammolarni hal qilishni oʻrganishga qaratilgan.



Dasturning afzalliklari:

 - platforma o‘zbek tilida mavjud;

 - katta yosh oraligʻini qamrab olish;

 - maʼlumotlarni tahlil qilish va sunʼiy idrokni chuqur oʻrganishni qoʻllab-quvvatlash;

 - 60 dan ortiq oʻquv apparat platformalarini qoʻllab-quvvatlash.

Kurs o‘qituvchisi robototexnika bo‘yicha ko‘plab mahalliy va xalqaro musobaqalar g‘olibi, “Mard Ug‘lon” ordeni laureati, robototexnika bo‘yicha besh karra jahon chempioni – Suhrob Xaydarov.

Suhrob 20 dan ortiq startap yaratgan va hozirda IT Parkʼda Mobil robototexnika bo‘yicha katta o‘qituvchisi.  U uch yildan ortiq mobil robototexnika sohasida ishlaydi.  Barcha faoliyati davomida u frilanser birjalarda 103 ta buyurtmani bajargan.

Jizzaxdagi oʻqituvchi – Bunyod Berdiyev.  Bunyod – mobil robototexnika boʻyicha WorldSkills mutaxassisi. Qolaversa, u startap asoschisi.  Uning startaplaridan biri BikeSharing – TechnoWays Gran-prisida birinchi o‘rinni egalladi.

Bugungi kunda, Bunyod IT Park Jizzakhʼda robototexnikadan dars beradi.  Bunyodning koʻplab talabalari robototexnika boʻyicha turli tanlov va musobaqalarda sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritdilar.

Maʼlumot uchun: +99899 309 11 99

2022-02-01