20-30 avgust kunlari Osiyo taraqqiyot banki koʻmagida Ostona, Toshkent va Boku shaharlarida Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Ozarbayjon startaplari uchun CAREC mintaqaviy butkemp oʻtkaziladi. Tadbir IT Park Uzbekistan ishtirokida Astana Hub va Next Step Innovation bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Dastur bozor tahlili, mijozlar bazasini rivojlantirish, huquqiy masalalar, investitsiyalarni jalb qilish strategiyalari va boshqa koʻplab jihatlar boʻyicha seminarlarni oʻz ichiga oladi. Tadbir doirasida ishtirokchilar innovatsion markazlar bilan tanishadilar, innovatsion ekotizimga toʻliq kirib borish uchun uchta poytaxtning diqqatga sazovor joylari va yirik IT-kompaniyalariga tashrif buyuradilar.
Toshkent shahrida butkemp 24-26 avgust kunlari boʻlib oʻtdi. Birinchi kun quyidagi maʼruzachilar ishtirokidagi seminarlarga bagʻishlandi:
Kechqurun venchur fondlar, mahalliy startaplar va OTBʼning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi direktori Kanokpan Lao-Araya ishtirokidagi “netvorking” kechki ovqati boʻlib oʻtdi.
Toshkentdagi ikkinchi kun turli innovatsion markazlarga ekskursiyalarga bagʻishlandi: INNO Innovative Training and Production Technopark, C-Space Coworking, Dibo Innovation Hub, IT Park, Aloqa Ventures va Plug&Play.
Tadbir 26-sentabr kuni Demo Day bilan yakunlandi, unda ishtirokchilar oʻz loyihalarini ekspertlar va venchur fondlarga taqdim etdilar.
2023-08-29